Saylov-bayramday ötdi
Mamlakatimizda bayramlar köp. Lekin şu yilning 21-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengaşlari deputatligiga bölib ötgan saylovlar xalqimiz uçun katta va quvonçli bayramga aylanib ketdi. Şu kuni saylovçilar erta tongdanoq öz Konstitutsiyaviy fuqarolik burçlarini ado etiş uçun bayramona bezatilgan saylov uçastkalariga kelib, barçasi saylov ruhi bilan yaşayotganlarini amalda namoyon etdilar.
Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov ötkazuvçi 4-Amudaryo saylov okrugi hududidagi 121-sonli saylov uçastkasida fuqarolarning öz saylov huquqlarini amalga oşirişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilganligi bois, saylov uçastkasi hududida fuqarolarning deyarli 98 foyizi uşbu siyosiy jarayonda faol iştirok etişdi. Yaʼni, hududdagi 1653 nafar saylovçidan 1598 nafari özlari tanlagan nomzodlari uçun yakdillik bilan ovoz berdilar.
Şunisi eʼtiborga molikki, saylov uçastkamiz böyiça 187 nafar yoşlar öz saylov huquqini ado etib, birinçi marta ovoz berdilar. Saylov uçastkasiga birinçi bölib kelgan va öz fuqarolik burçini ado etib, ona Vatan va millatmiz kelajagi uçun ovoz bergan saylovçilarga esa qimmatbaho sovğalar berildi.
Nafaqat bizning 121-sonli saylov uçastkasida, balki Özbekiston RespublikasiOliy Majlis Qonunçilik palatasigasaylov ötkazuvçi 4-Amudaryo saylov okrugi hududidagi barça saylov uçastkalaridaxalqimiz xayotidagi bu muhim siyosiy jarayon nixoyatda jipslik va yakdillik bilan ötdi.
Bahodir JUMAMURODOV,
Özbekiston Respublikasi Oliy
Majlis Qonunçilik palatasi,
QoraqalpoğistonRespublikasi
Jöqorği Kengesi va xalqdeputatlari tuman Kengaşiga
saylov ötkazuvçi
121-sonli uçastka saylov komissiyasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶