QAROR MAZMUN-MOHIYaTINI TARĞIB ETIŞGA BAĞIŞLANGAN YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentinining joriy yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga muvofiq Amudaryo tumanida amalga oşiriladigan işlar rejasi tasdiqlangan edi.
Uşbu maqsadlar uçun tumanimiz böyiça 22 milliard 209 million söm pul mablağ ajratilişi belgilangan va ovul va mahallalar hududlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etiş rejalaştirilgan. Xususan, tuman hududidagi 19 ta ovul va mahallalardagi jami 50,4 kilometr içki yöllarni taʼmirlaş, içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş maqsadida ikki mahallaga suv tozalaş inşootini quriş, elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş, bolalar sport maydonçasini va ikkita mahallaning maʼmuriy binolarini yangidan quriş rejalaştirilgan.
21-noyabr kuni tuman hokimligi majlislar xonasida uşbu qaror ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda Oliy Majlis Senati aʼzosi Uluğbek Jalmenov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, tuman Kengaşi deputatlari, hokimlik masʼul xodimlari, korxona, taşkilotlar rahbarlari iştirok etdilar.
Yiğilişda Oliy Majlis Senati aʼzosi Uluğbek Jalmenov Prezidentning yuqorida qayd etilgan qarorida hududlarni obod qiliş, ovul va mahallalarda infratuzilma bilan boğliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etiş, xususan, joylarda içki yöllar, içimlik suvi, elektr energiyasi, gaz taʼminotini, taʼlim, soğliqni saqlaş, madaniyat sport va boşqa infratuzilma obʼektlarini yaxşilaş, şu asosda aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş maqsad qilinganini taʼkidlab ötdi. Buning uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri böyiça hududiy işçi guruhlar taşkil etilib, ular tomonidan respublika böyiça 9370 ta mahallada aholining turmuş darajasiga bevosita taʼsir körsatuvçi eng dolzarb masalalar örganilgan. Şu asosda 2022-2032-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalar dasturlari işlab çiqilgan.
Qayd etiş joizki, tumanimizda ham qarorga muvofiq amalga oşiriladigan loyihalar belgilanib, bugungi kunda loyihalar tender savdolariga qöyilgan. Jarayon dekabr oyida yakunlanadi va amaliy işlar boşlanadi. Bu böyiça tuman hokimi, sektorlar rahbarlari va boşqa masʼullar hududlar aholisi bilan uçraşuvlar ötkazib, amalga oşiriladigan işlarni keng tuşuntirmoqdalar. Tegişli mutasaddilar har haftada joylarga çiqqan holda mahallalarda amalga oşirilayotgan işlar öz vaqtida va samarali taşkil qilinişini nazoratga olib, dolzarb muammolar hal etilayotganligi yuzasidan aholiga batafsil tuşuntiriş va taşviqot işlarini taşkil etib boradalar. Hududlar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişda ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişi, quriliş, taʼmirlaş işlarining sifatli ado etilişi deputatlar va keng jamoatçilik tomonidan ham qatʼiy nazorat qilib boriladi.
Yiğiliş iştirokçilariga tuman miqyosida mazkur qarorga muvofiq amalga oşiriladigan işlar kölami böyiça töliq maʼlumotlar berildi. Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infrastrukturasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorining ijrosi böyiça qilinadigan işlar tumanimiz aholisi turmuşi sifatini, farovonligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶