ÖZ KELAJAGIM UÇUN OVOZ BERAMAN!
Men 32-umumtaʼlim maktabini tugatib, uzluksiz taʼlimning keyingi bosqiçini 3-sonli Amudaryo akademik litseyining aniq fanlar yönalişida davom ettirdim.
Ustozlarimizning öquvçilarga bilim asoslarini çuqur örgatişga intilişi, öquvçilarning tölaqonli bilim olişi uçun yaratilgan imkoniyatlar, öz bilimlarini boyitişi, öqib-örganişi uçun yaratilgan şaroitlardan unumli foydalanişga intildim. Natijada Nukus Davlat Pedagogika institutining matematika fakultetiga talabalikka qabul qilindim. Hozir 3-kursda taʼlim olayapman.
Şu örinda mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodning komil insonlar bölib voyaga yetişi, öqib, malakali kadrlar bölib yetişişi uçun qilinayotgan ğamxörliklar har bir talaba-yoşni ilm sirlarini puxta egallab, ğamxörliklarga munosib insonlar bölişga undab turişini aytmoğim joiz.
Joriy yil men uçun esda qolarli voqealarga boy yil böldi. Mamlakatimizda muhim siyosiy voqea - Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylovlar bölib ötadigan 21 dekabr kunini esa hayajon bilan kutayapman. Boisi, men ilk bor saylovlarda qatnaşaman va ovoz beraman. Buning uçun saylovlarga doir bilimlarimni boyitib, konstitutsion burçimni çuqur anglab yetdim. Asosiy Qonunimizda taʼkidlanganiday, Özbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga egadirlar. Har bir saylovçi bir ovozga ega. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangani menga, barça tengdoşlarimga faxr-iftixor bağişlamoqda.
Men saylovlarda eng munosib nomzodlar uçun ovoz beraman.
Asal Sobirova, NDPIning 3-kurs talabasi.
Foto: http://www.uza.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶