21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:36
Salomatlik 👁 443

EL HURMATINI QOZONGAN ShIFOKOR

EL HURMATINI QOZONGAN ShIFOKOR

Shifokorlik – jasorat! Bu kasb fidoyilikni, qalb va fikr sofligini taqozo etadi. Uning mehnati eng bebaho va xayrli mehnatdir. Chunki shifokor odamlarning sogʻligʻini saqlashi yoki qayta tiklashi orqali ularni jamiyatga qayta inʼom etadi.

Hayotining eng tahlikali, eng xavfli onlaridan hayotga qaytayotganlarni, dunyoga oʻzgacha nigoh bilan boqayotganlarni tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi jonlantirish boʻlimida har kuni uchratish mumkin. Boʻlim 6-oʻringa moʻljallangan boʻlsa-da, bu yerda  sharoit taqozosiga koʻra, baʼzan 10 nafargacha bemorlarga shoshilinch yordam beriladi. Turli baxtsiz hodisalar, avtohalokatlar, surunkali kasalliklar xuruji, infarkt, insult roʻy berganda, ogʻir ahvolga tushganlarga  shoshilinch yordam shifoxonasining jonlantirish boʻlimida  tezkor, sifatli tibbiy yordam koʻrsatilganligi tufayli hayotga qaytayotganlar koʻpchilik. Ana shunday quvonarli natijalar qoʻlga kiritilishida  boʻlim reanimatolog-anesteziolog shifokori, oʻz kasbining fidoyisi I.Sariboyevning ham munosib hissasi bor.

U oʻrta maktabni tugatganidan soʻng Toshkent Tibbiyot institutining Nukus filialiga oʻqishga kirdi va muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. 1997-1998-yillarda Nukus shahridagi respublika shifoxonasida internatura oʻtadi va oliy toifali, malakali shifokorlardan yoʻl-yoʻriq, maslahatlar olib, tajribasi oshdi. Keyinchalik tuman Tibbiyot  birlashmasining “Salomatlik markazi” shifokori boʻldi. 2011-yildan shu kungacha shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasining jonlantirish boʻlimida reanimatolog-anesteziolog boʻlib ishlayapti. 2015-yildan tez tibbiy yordam boʻlimi reanimobil brigadasida ham navbatchi shifokor. Ushbu brigada eng ogʻir ahvoldagi bemorlar chaqiruviga yoʻnaltiriladi. Shunday damlarda murojaat qilingandan tibbiy brigada yetib borguncha boʻlgan vaqt oraligʻini shifokorlar “oltin vaqt” deyishadi. Hayoti qil ustida turgan insonga tez yetib borish, tezkor, sifatli tibbiy yordam berish  – qancha-qancha insonlarning hayoti saqlab qolinishiga sabab boʻladi. Bunda, albatta, shifokorning kasbiy mahorati ham muhim.

I.Sariboyev chaqiruvga kelgan xonadonidan tibbiy yordami tufayli doimo olqish olib kelayotganlardan biri.

– Koronavirusga chalinganimda yoshim saksonga yetib qolganiga yashashdan umidimni uzishimga sal qolgan. Dard iskanjaga olgan vaqtida Ikromjon kelib, ham muolajasi, ham shirin soʻzi bilan meni hayotga qaytardi. Oʻz xohishim bilan uy sharoitimda davolandim. Endi keksalikning ham oʻziga yarasha muammolari boʻladi. I.Sariboyev buni toʻgʻri anglab, uyda davolanish qarorimni maʼqulladi. Tavsiyasiga koʻra muolaja olib, kasallikdan forigʻ boʻldim. Tez-tez kelib xabar olib, ahvolimni nazorat qilib turdi. Bu mening oʻzimga ishonchimni oshirdi, Ikromjondan juda minnatdorman. Iloyim xalqimizning baxtiga sogʻ boʻlsin, kasbidan kamol topgay, – deydi u haqda matbuot faxriysi Saʼdulla Xoʻjaniyozov.

Aslida bu shifokordan minnatdor insonlar juda koʻp.

– Har kuni ishda eng ogʻir ahvoldagi bemorlarga qarash, jarrohlik amaliyotlari, tunlari navbatchiliklardagi bedorliklardan hech bezor ham boʻlasizmi? – qiziqib soʻradim undan.

– Kimdir yordamingga muhtoj ekanligi, unga yordam berish burching ekanligi shifokorga doim kuch berib turadi. Biroq baʼzan ogʻir shikastlanishlar bilan, insult, infarktga chalinib keltirilgan bemorlarning hammasining ham hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmaydi. Shunday damlarda bundan juda oʻkinaman.

Aytishicha, u hayotida tanlagan kasbidan faqat bir marta afsuslangan ekan. Oʻsha kuni er-xotin, ikki shifokor – Ikrom Sariboyev va Nigora Erimbetovalarning turmush qurganlariga 20-yil toʻlgan kun ekan. Shu munosabat bilan farzandlari “syurpriz” tayyorlashgan: dasturxon tuzab, ota-onasining suratlarini qoʻydirib, nikoh uzugi ramzi, "20-yil" degan yozuvi bilan tort buyurtma qilishgan. Tantanaga yaqinlar ham taklif etilibdi. Hamma tantana sababchilari ishdan qaytishini kutib oʻtirsa, faqat ulardan biri – ona kirib kelibdi. Ota esa navbatchilikda qolgan. Shunda qizi unga yigʻlab qoʻngʻiroq qilganida uyiga kasbi taqozosiga koʻra borolmaganidan afsuslangan ekan.

Ikrom Sariboyev va Nigora Erimbetovalarning farzandlari ham voyaga yetib, hayotda oʻz yoʻnalishlarini tanlab olishgan. Shahzod boʻlgʻusi arxitektor, bu yil oxirgi bosqich talaba, Islombek veterinar boʻlib ishlayapti, Shoira NDPI talabasi, Ilhom – 11-sinf oʻquvchisi.

Ularning oilasi turmush tarziga nazar solgan odam havas qilishi tayin. Chindan-da, oʻz qoʻrgʻoning, oilang, hayotingni davom ettiruvchilaring boʻlsa, kimlargadir kerakligingni his qilib yashasang, xizmatingdan odamlar minnatdor boʻlsa, bu ulkan baxt!

I.Sariboyev ana shunday martabaga erishgan shifokor. Uni kasb bayrami bilan qutlab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026