Notariuslar elektron navbatga yozilish tartibi va uning ahamiyati
Jismoniy va yuridik shaxslar notarial idoralarga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Ye-notarius.uz» axborot portali orqali oʻzlari uchun qulay va aniq vaqtda murojaat qilishga haqli.
elektron shakldagi murojaatlar «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali alohida yuritiladi.
«Ye-notarius.uz» axborot portalida notariuslar haqida maʼlumotlar, ularning manzillari, telefon raqamlari, ish kunlari, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur xujjatlarni roʻyxati, toʻlovlar boʻyicha elektron kalkulyatordan foydalanishlari, shuningdek oʻziga qulay kun, vaqtda xohlagan notarius qabuliga yozilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda albatta elektron raqamli imzo kerak boʻladi. Elektron raqamli imzo olish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish kerak.
Murojaat qiluvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli hujjatlar loyihalarining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari elektron roʻyxatga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Murojaat boʻyicha notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar loyihalari notarial idora tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.
Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa;
soliq yoki kommunal xizmatlardan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasidan qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa.
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.
Murojaat qiluvchi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir boʻlishi shart. Mazkur talab bajarilmaganda murojaat qiluvchini qabul qilish umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilash orqali amalga oshiriladi.
Belgilangan vaqtdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Notarius qabuliga oldindan yozilish bu notarial idorada navbat kutib uzoq vaqt qolib ketmaslikni, vaqt yoʻqotishni, ortiqcha asabbuzarlikni oldini oladi, shuningdek oʻziga qulay kunda, qulay vaqt va oʻziga yaqin notariusga murojaat qilish orqali qabulga oldindan xujjatlarni joʻnatib, faqat xujjatlarni imzolash va toʻlovni amalga oshirishga kelib, notarial harakatni tez va sifatli ortiqcha ovorogarchiliklarsiz amalga oshirishda ahamiyatli xisoblanadi.
B.A.Xodjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶