AMERIKALIK PROFESSOR ÖQITUVÇI TUMANIMIZDAGI IXTISOSLAŞTIRILGAN MAKTABGA TAŞRIF BUYuRDI
Ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil etişga yagona yondoşuvni şakllantiriş, uşbu maktablar tarmoğini kengaytiriş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda taʼlim jarayoniga jalb qiliş, iqtidorli yoşlarni aniqlaş tanlaş, öqitiş va tarbiyalaş tizimini takomillaştiriş maqsadida Prezident farmoniga köra, mamlakatimizdagi barça ixtisoslaştirilgan maktablar Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimiga ötkazilgan edi. Tumanimizning Manğit şahridagi Nukus davlat pedagogika instituti qoşidagi aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan maktab ham Agentlik tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabga aylantirildi. Avgust oyida qatʼiy talablar asosida ötkazilgan test sinovlari orqali öquvçilar maktabga qabul qilindi. Şuningdek, öqituvçilar ham belgilangan test sinovlari natijalariga köra işga olindi.
Ayni kunda uşbu maktabda taʼlim-tarbiya jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilayotir. Şuningdek, ixtisoslik fanlaridan taʼlim dasturlarini takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş maqsadida matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va çet tili fanlaridan taʼlim dasturlarini takomillaştiriş jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş, ilğor milliy hamda xorijiy tajribalardan foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda joriy yilning 22-oktyabrida tumanimizdagi ixtisoslaştirilgan maktabga ingliz tili fani öqituvçisi Mavluda Niyozova taklifiga binoan amerikalik professor öqituvçi ESN, yaʼni “ingliz tilida sözlaşuvçi xalqlar” nomli loyiha doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati ingliz tili öqituvçilarining malakasini oşirişga, taʼlim beriş jarayoniga yangi innovatsion texnologiyalarni tatbiq etişga masʼul bölgan Maurin Runey taşrif buyurdi.
Mehmon uşbu muassasa sinfxonalarida ingliz tilini öqitiş jarayonini kuzatdi va yuqori samaraga erişiş borasida öz tavsiya va takliflarini berdi. Şuningdek, muassasada ingliz tilini qunt bilan örgatayotgan trener öqituvçi Mavluda Niyozova rahbarligida tayyorlangan tadbirda ham iştirok etdi.
Tadbirda öquvçilarning ingliz tilida ijro etgan şeʼrlari, qöşiqlari, sahna körinişlari Maurin Runey xonimga juda yoqdi va ularning ingliz tilini çiroyli talaffuz qilişidan zavqlandi.
Tadbir söngida u öquvçilar bilan ingliz tilini qanday örganayotganliklari, darsliklar haqida suhbatlaşdi. Öquvçilarning Amerika taʼlim tizimiga oid bergan savollariga batafsil javoblar berdi va ularning qiziqişlaridan quvonganini izhor etdi.
Şu kuni mehmon tumanimizning Olmazor mahallasidagi Xotira xiyobonida, xiyobondagi muzeyda ham bölib, tariximizga oid eksponatlarni eʼtibor bilan tomoşa qildi va tumanimizga taşrifidan juda mamnun böldi.
Maurin Runey qadimiy Çilpiq qörğonida ham bölib, obida tarixi haqidagi maʼlumotlarni qiziqib tingladi. Amerikalik professor öqituvçining taşrifi va bu yerdagi taʼlim haqidagi iliq fikrlari muassasada taʼlim olayotgan öquvçilarga ham, öqituvçilarga ham yuqori motivatsiya berdi. Ular tadbirlarni taşkillaştirgan muassasa öqituvçilari Mavluda Niyozova, Mohira Şomurodova, Muhayyo Toirovalardan juda minnatdor böldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶