BOTULIZM – XAVFLI INFEKTsION KASALLIK
Botulizm – infektsion-toksik genezli oğir kasallik hisoblanadi. Mintaqamizda asosan botulizmning A, V, Ye turlari uçraydi. Uning sporalari çidamli bölib, quritilgan holatda ön yillab tirik qoladi.
Hatto 180 daraja haroratda 5 soat mobaynida qaynatilganda ham halok bölmaydi. Özidan barça bakteriya toksinlari va kimyoviy moddalar içida eng zaharli bölgan ekzotoksin moddasini işlab çiqaradi. Uning odamni öldiradigan miqdori 0,3 mkg.dir. Ayniqsa, A turidagi toksin kuçli hisoblanadi. Botulizm qözğatuvçisi hisoblangan toksin fizikaviy va kimyoviy omillar taʼsiriga nisbatan ança çidamli. Konservalarda toksinlar quyoş nuri va havo taʼsiridan parçalanmaydi, ular qoronği va sovuq joylarda 6-8 oy mobaynida salgina kuçsizlanadi.
Botulizm qözğatuvçisi saprofit körinişida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quşlar, qisqiçbaqalar, baliqlar organizmida yaşaydi. Tuproqqa tuşganda spora holida uzoq vaqt saqlanişi, lekin muayyan şaroitda ösişi va köpayişi mumkin.
Uy şaroitida sanitariya qoidalariga rioya qilinmasdan tayyorlangan bankali konservalar kislorodsiz şaroit hisoblanib, mikroblarning vegetativ şakllaridagi toksin paydo böladi. Toksin suyuq mahsulotlarda konservalangan bankalarda baravar tarqaladi va juda xavfli hisoblanadi.
Kasallikning erta belgilaridan biri bu yutinişning buzilişdir. Bunda bemor xalqumida katta “kesak” borligidan va yutiniş harakatining oğriqliligidan şikoyat qiladi.
Botulizm kasalligini davolaş hamda asoratlarining oldini olişning yagona yöli öz vaqtida şifokorga murojaat qiliş sanaladi.
M.Kaşkarova,
tuman SEO va JS bölimi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶