INŞOLAR TANLOVI ĞOLIBLARI TAQDIRLANDI
Öquvçi-yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalaş, ularning maʼnaviy, estetik, axloqiy dunyoqaraşini kengaytiriş, tafakkurini turli xil yot ğoyalar taʼsiridan himoya qiliş hamda yurtimizning çinakam fidoyilari etib tarbiyalaş bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Çunki yoşlar ertagi kunimizning egalaridir. Şu boisdan ularning intillekual va ijodiy salohiyatini yuksaltiriş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyğularini tarbiyalaş juda muhim.
Yaqinda tumanimiz maktablarining 9-11-sinflari öquvçilari örtasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölinmasi, tuman Xalq taʼlimi bölimi va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti hamkorligida 15-oktyabr – Xalqaro qişloq ayollari kuni munosabati bilan “Mening qişloğim”, “Mening onam – qişloğim fayzi” mavzularida ötkazilgan inşolar tanlovi ham şu maqsadga xizmat qiladi.
Inşolar tanlovida tumanimizdagi 85 ta maktablarning 9-11-sinflarida taʼlim olayotgan iqtidorli öğil-qizlar iştirok etdilar.
Şuni alohida eʼtirof etiş, joizki, bugungi kun yoşlarining dunyoqaraşi keng. Taʼlim muassasalarida ularning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanişlari, bilimlarini oşirişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Internet kutubxonalar, maktabdagi kutubxonalardagi mavjud nodir adabiyotlarni mutolaa qiliş öquvçilarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirişga xizmat qilayotir. Buni tumanimizda badiiy ijod bilan şuğullanayotgan öquvçilar soni ortib, bir qança öquvçilarning kitoblari naşrdan çiqayotganida ham yaqqol köriş mumkin. Tumanimizda taşkil etilgan naşriyot yoşlarning ijod mahsulini çop etişga tayyorlaşga ulkan hissa qöşayotir. Şuningdek, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlab, ularning özligini namoyon etişlariga şaroit yaratmoqda.
“Xalqaro qişloq ayollari kuni” munosabati bilan hamkor taşkilotlarning birgalikda ötkazgan tanlovi ham ijodkor öquvçilarning iqtidorlarini sinovdan ötkazişga bir minbar böldi, deyiş mumkin.
Tanlovga taqdim etilgan inşolarning tahlili ularning mavzu yuzasidan mustaqil va erkin fikrlari borligini körsatdi.
Hakamlar hayʼati qaroriga köra tanlovda uçinçi örinni 39-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Sevinç Bozorboyeva, ikkinçi örinni 84-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Mardona Rahimboyeva, birinçi örinni esa 73-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Komila Gulimmatovalar egalladilar. Şuningdek, 27-, 18-, 5-, 2-, 69- va 85-sonli maktablar öquvçilari turli nominatsiyalar böyiça rağbatlantirildi.
Tanlov ğoliblari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi tomonidan rağbatlantirildi.
Inşolar tanlovi tumanimiz maktablarida taʼlim olayotgan öquvçi-yoşlarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶