“ZULFIYaXONIM QIZLARI” KÖRIK-TANLOVINING AMUDARYo TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda taʼsis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti barkamol, oqila xotin-qizlarni aniqlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xotin-qizlarning adabiyot, sanʼat, sport, fan va madaniyatni rivojlantirişdagi yutuqlari, ibratli faoliyati, keng kölamli islohotlarni jadallaştirişdagi faol iştirokini rağbatlantiriş maqsadida har yili uşbu mukofotga munosib körilgan nomzodlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanişi anʼanaga aylangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi tegişli Farmoniga muvofiq, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etiş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi Farmoniga özgartirişlar kiritilib, endilikda har bir viloyat va Qoraqalpoğiston Respublikasidan ikki nafardan, 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan iqtidorli qizlar 7 ta yönalişda uşbu mukofot sohibasi böliş imkoniyatini qölga kiritişdi.
Joriy yilning 11-oktyabr sanasida Amudaryo tuman Xotin-qizlar qömitasi taşabbusi bilan Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimi hamkorligida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida bölib ötgan tadbirda tanlov Nizomida belgilangan 7 ta yönaliş böyiça tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan iqtidorli öquvçi-qizlar, amudaryolik turli oliy taʼlim muassasalari talabalari, öz mehnat faoliyati bilan yuqori natijalarga erişayotgan 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan iqtidorli qizlar iştirok etdilar.
Avvalo, şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, tanlov iştirokçilarining öz iqtidorlarini amalda namoyon etişlari uçun erkinlik va xolislik muhiti yaratildi. Tanlovning adabiyot yönalişi böyiça iştirokçilarning hujjatlari Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira Robiya Yöldoşeva raisligidagi hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan sinçiklab örganilib, nomzodlarning bilim va qobiliyatlari sinovdan ötkazildi.
Ayniqsa, bir neça şeʼriy töplamlarda ijod namunalari çop etilgan iqtidorli va umidli şoira qizlar – 40-sonli maktab öquvçisi Nafisa Hamroyeva, 20-sonli maktab öquvçisi Munisa Tojiboyeva, 3-sonli maktab öquvçilari Muhabbat Örinbosarova, Navbahor Sarsenboyeva, 35-sonli maktabning iqtidorli öquvçisi Barno Samandarovalar özlarining zukko, bilimdon va intiluvçanliklarini, namoyon etdilar.
Körik-tanlov davomida Robiya Yöldoşeva ijodkor va iqtidorli qizlarga “Zulfiyaxonim qizlari” körik-tanlovining Nizomi va nomzodlarga qöyiladigan talablar haqida zarur tuşunçalar berdi.
Tanlov jarayonida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida yönalişlar böyiça tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan iştirokçi qizlar bilan bevosita suhbatlar olib borilib, munosib nomzodlar tanlab olindi.
Şuningdek, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimining bolalarni ijtimoiy-psixologik qöllab-quvvatlaş böyiça bölim uslubçisi Tatyana Pirlepesova taʼlim va jamoatçilik, sanʼat, sport yönalişlari böyiça iştirokçi qizlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar taxlamlarini tayyorlaşga öta masʼuliyat va madaniyatlilik bilan yondaşgan iştirokçilarning nomlarini alohida tilga olib, ularning kelajagiga katta işonç va umid bildirdi.
Körik-tanlov yakunida eng namunali, ibratli xulq-atvori, bilim va salohiyati bilan keng jamoatçilik orasida hurmat-eʼtibor qozongan, erişgan yutuqlari yuqori taşkilotlar va xalqaro tanlov va anjumanlarda eʼtirof etilgan iştirokçilarga Amudaryo tuman xotin-qizlar qömitasi tomonidan taşakkurnomalar taqdim etildi. Körik-tanlov Nizomi talablariga köra, munosib nomzodlarga tanlovning keyingi bosqiçiga yöllanmalar berildi.
Risolat IBRAGIMOVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy işlar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶