Sport maktabi birinçiligida Amudaryo tumani boksçilari faxrli 1-örinni qölga kiritişdi
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli sportning olimpiya turlari bilan şuğullanuvçilar safi yil sayin oşib bormoqda. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Beş muhim taşabbus” doirasida ötkazilayotgan turli körik-tanlovlar, sport musobaqalari tobora köproq yoşlarni qamrab olayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir.
Amudaryo tumanida ham ösib kelayotgan yoş avlodni jismonan va aqlan yetuk insonlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkaziş, ularni qiziqiş va intilişlari asosida turli xil tögaraklarga jalb etiş, pirovardida böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga erişiş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar eʼtiborga molik.
Tumanda öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun barça şaroitlar mavjud. Ayniqsa, sportning olimpiya turlari böyiça sportçilar uçun yaratilgan şaroitlardan unumli foydalanayotgan yoşlar mazkur sport turlari böyiça sezilarli yutuqlarga erişmoqdalar. Albatta, bunda tuman va respublika miqyosida ötkazilayotgan sport musobaqalari muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 27-30-sentyabr kunlari Amudaryo tumani mezbonlik qilgan boks sporti musobaqalarida ham tumanimizning yoş sportçilari özlarining tengsizligini namoyon etdilar.
Amudaryo tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli boks sporti zalida ösmirlar va yoşlar örtasida bölib ötgan sport maktabi oçiq birinçiligi musobaqalarida Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasining Qönğirot, Nukus, Xöjayli, Bözatov, Taxiatoş, Beruniy hamda Amudaryo tumanlarining boks jamoalari iştirok etdilar.
205 nafar çarm qölqop ustalari iştirok etgan mazkur musobaqa uç kun davomida biri-biridan qiziqarli taassurolarga boy, murosasiz va döstona bellaşuvlar asosida ötdi.
20 ta vazn toifasida özaro kuç sinaşgan sportçilardan eng kuçlilari yakuniy – final bosqiçida bellaşdilar. Musobaqani halollik va adolat tamoyillari asosida ötkaziş maqsadida boks böyiça tajribali trener boş hakam Jasur Nurimbetov rahbarligidagi hakamlar hayʼati tomonidan har bir sportçining kuç va imkoniyatlariga munosib baho berildi.
Qizğin bellaşuvlar asosida va döstona vaziyatda ötkazilgan musobaqada amudaryolik çarm qölqop ustalari umumjamoa hisobida faxrli 1-örinni egalladilar. Amudaryolik sportçilar 8 ta oltin, 4 ta kumuş va 4 ta bronza, jami 16 ta medal bilan musobaqaning yuqori poğonasidan joy oldilar.
Musobaqa yakunida ğolib sportçilar, 1-2-3-örinni egallagan boks jamoalari Amudaryo sport maktabi maʼmuriyati va homiy taşkilotlar tomonidan ğoliblik diplomlari, medallar va esdalik sovğalari, taşakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Amudaryolik sportçi-yoşlarni erişgan uşbu ğalabasi bilan çin dildan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham faol iştirok etişib, Amudaryo tumani, qolaversa, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Özbekiston şuhratini olamga yoyib, ona Vatan bayroğini baland kötarişlarida kuç-qudrat, omad tilaymiz.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶