Xalqimiz orzu-umidlari ifodasi
Konstitutsiya - har qanday demokratik jamiyat, davlat va boşqaruvning poydevori, asos-negizidir.
Konstitutsiya – sözi lotin tilidan olingan bölib, örnatiş, tuziliş yaʼni moddiy maʼnoda avvalo inson va fuqaro huquqlari, erkinliklarini mustahkamlovçi va kafolatlovçi, şuningdek ijtimoiy tuzum asoslarini, boşqaruv şakli va davlat tuzilişi asoslarini, hokimiyat markaziy va mahalliy organlarini taşkil etiş asoslarini, ularning vakolatlari va özaro munosabatlarini belgilaydigan qonun hujjati, hujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui hamda rasmiy maʼnoda barça qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuçga ega bölgan asosiy qonun hisoblanadi.
Har yili mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutluğ sanasi xalqimiz tomonidan keng nişonlanadi. Konstitutsiyamiz inson, uning hayoti, ozodligi, qadr-qimmati va boşqa huquqlarini oliy qadriyat sifatida tan oluvçi suveren demokratik davlat barpo etişning huquqiy asosi bölib xizmat qilib kelmoqda.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 ta bölim, 26 ta bobni taşkil etgan 128 moddani öz içiga oladi.
Konstitutsiyamizning 2-moddasida qayd etilişiça, "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”. Bu norma haqiqiy maʼnodagi demokratik boşqaruvni, xalq hokimiyatini özida namoyon etadigan qoida, fuqarolik jamiyati mohiyatining qisqa va aniq tarzdagi bayonidir.
Asosiy Qonunimizning 15-moddasida qayd etilişiça, "Özbekiston Respublikasida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi sözsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq iş köradilar”.
Kezi kelganda muhim bir mulohazani taʼkidlab ötmoq kerak. Yaʼni Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni, oliy yuridik kuçga ega qonun, deb eʼtirof etilsada, unga, faqat "qonunlar qonuni” deb qarasak, Konstitutsiyaning mohiyatini töla anglamagan bölamiz. Zero, bizning Konstitutsiyamiz yangilikning eskilik ustidan, erkinlikning zöravonlik ustidan, adolatning haqsizlik ustidan, taraqqiyotning tanazzul ustidan ğalabasini qonuniy muhrlagan hujjatdir.
Muhtaram Yurtboşimiz taʼkidlaganidek: "Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obrö-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qobusnomadir. Şu maʼnoda Asosiy Qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Bir söz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom maʼnoda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir”.
Xulosa qilib aytganda, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning orzu-umidlari, irodasini özida mujassamlaştirgan qomusiy hujjat bölib, yurtimizda kelajagi buyuk demokratik davlat barpo etilişining muhim huquqiy poydevoridir.
Şerzod Abdullayev,
tuman hokimligi huquqşunosi.
Foto - http://farishta.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶