USTOZ MEHNATI MASʼULIYaTLI, ŞARAFLI
Tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli barça umumtaʼlim maktablarda yangi öquv yili puxta tayyorgarliklar bilan boşlandi. Obodonlaştiriş va quriliş-taʼmirlaş, öquvçilarni qabul qiliş jarayoniga tayyorgarlik olib borildi. Tumanimizdagi mavjud 85 ta umumiy örta taʼlim maktablari 32725 öquvçi örniga möljallangan bölib, bugungi kunda 38496 nafar öquvçilar taʼlim-tarbiya olişmoqda.
2021-2022 öquv yili oldidan 14-, 55-, 76-maktablarda quriliş-taʼmir-laş işlari belgilanib, 14-sonli maktabga 180-örinli, 55-sonli mak-tabga 330-örinli, 76-sonli maktabga 360-örinli qöşimça bino qurilmoqda. Şuningdek, Prezident Qarori va “2022-yilda ijtimoiy va işlab çi-qariş infratuzilmasini rivoj-lantiriş dasturi” asosida 18-, 14-, 36-sonli maktablar binolariga 180-örinli qöşimça bino qurilişi boşlanib, yakunlaniş arafasida turibdi. Şuningdek, 2022-yilda 2 ta (3-, 26-sonli) maktab filialida 750 mln. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilib, yakuniga yetka-zildi. Ayoqçi mahallasida joylaşgan 69-maktabga “Obod qişloq” dasturi asosida 2 mlrd. 300 mln. söm mablağ ajratilib, “Amudaryo maxsus quriliş” MÇJ tomonidan 180-örinli qö-şimça bino qurilmoqda. Arnaböyi mahallasida joylaşgan 27-sonli maktabda open budget mablaği hiso-bidan 999 mln. söm va mahalliy byudjet hisobidan 1 mlrd. 161 mln. söm mablağ ajratilib, bugungi kunda quriliş-taʼmirlaş işlari jadal surʼatlarda ketmoqda. 11-sonli maktabda "Agrobank" OATB ning 200 mln. sömlik homiylik mablağlari hisobidan sunʼiy qopla-mali sport maydonçasi quriş işlari olib borilmoqda.
2022-yil 1-yarim yilligida 4-, 15-, 19-, 46-, 53-sonli maktablar Koreya Res-publikasining "Eksimbank" loyihasi hisobidan, har bir maktabga 16 donadan jami 80 dona zamonaviy kompyuter texnikalari hamda 9-, 36-, 58-, 72-, 77-, 86-sonli maktablarga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabr kungi “Yoşlarni “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida öqitiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida Respublika byudjeti mablağlari hisobidan 11 donadan jami 66 dona zamonaviy kompyuter texni-kalari yetkazib berildi.
Şuningdek, 2022-yil avgust oyida 16- va 76-sonli maktab-larga xorijiy tillarni öqi-tişni yanada samarali taş-kil qiliş böyiça qiymati 23 mln. sömlik 1 dona interaktiv doska va qiymati 9,2 mln. söm-lik 2 dona noutbuk hamda 15 dona videoproyektor yetkazib berildi.
2021-2022 öquv yilida 11-sinfni bitirgan 2582 na-far öquvçidan 2394 nafari OTMlarga hujjat topşirib, 571 nafari talaba böldilar. Şundan 170 nafari davlat granti asosida, 401 nafari kontrakt asosida talabalikka qabul qilindi. Bu ötgan yilga nisbatan 2,6 foizga oşdi.
Bugungi kunda mavjud mak-tablarda 4064 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Ularning 3798 nafari oliy, 208 nafari örta-maxsus maʼlu-motli, şu jumladan, 185 nafa-ri oliy toifali, 642 nafari I toifali, 1239 nafari II malaka toifali va 1790 nafari muta-xassis öqituvçilar sanaladi.
Mamlakatimizda öqituvçi-lar mehnatini rağbatlantiriş maqsadida 2021-yildan boşlab ingliz va rus tili fanidan 50 foiz maxsus ustama oliş huquqini beruvçi milliy va xalqaro S1 sertifikati be-riş tartibi joriy etildi. Maktablarda milliy va unga mos darajadagi xalqaro ser-tifikatga ega, oylik maoşiga 50 foiz ustama oladigan ing-liz tili fani öqituvçilari 28 nafar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Federa-tsiyasi taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Klass” loyihasi asosida rus tili fanidan 70 nafar öqituvçi xalqaro S1 sertifikatga ega böldilar.
Öqituvçilik şarafli va masʼuliyatli kasb. Ana şunday uluğ kasbda mehnat qilayotgan barça öqituvçi va murab-biylarni kasb bayrami bilan qizğin qutlayman va kelgusi işlarida muvaffaqiyatlar ti-layman.
Ibragim RajaBov,
tuman XTB mudiri örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶