Prezident farmoni ijrosini taʼminlaş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalar muhokama etildi
Sönggi yillarda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida misli körilmagan islohotlar amalga oşirildi. Uşbu yangilanişlar va özgarişlar xalqimiz hayotida ham öz aksini topmoqda. Oxirgi 6-yil içida birgina Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks rivojlantirişga doir 31 ta farmon va qarorlar qabul qilindi. Hududda tadbirkorlik subʼektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari işga tuşirildi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 31-avgust kuni imzolangan “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni uşbu islohotlarning uzviy davomi sifatida qoraqalpoğistonliklar hayotida yangi sahifa oçdi.
29-sentyabr kuni tuman hokimligi binosida bölib ötgan yiğilişda mazkur farmon ijrosini taʼminlaş borasida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalar muhokama qilindi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi örinbosari Atabek Davletov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Atamurat Şamuratov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, hududlardagi hokim yordamçilari iştirok etişdi.
Yiğilişda Atamurat Şamuratov farmonning mazmun-mohiyati haqida keng turda maʼlumotlar berdi.
Keltirilşiça, yoş tadbirkorlarga işlab çiqariş va xizmat körsatiş uçun zarur asbob-uskunalarni harid qiliş maqsadida yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi orqali 7-yil muddatga qarz mablağlari taqdim etiladi. Şuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalaştiriş uçun 2022-yil yakuniga qadar qöşimça ravişda 200 mlrd.söm kredit mablağlari ajratiladi.
Yiğiliş davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seyitov Respublika farmon bilan berilgan soliq imtiyozlari haqida batafsil maʼlumot berib, aniq misollar bilan tuşuntirib berdi.
Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvardan 2028-yilning 1-yanvarigaça bölgan davrda foyda soliği stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga, aylanma soliq stavkasi esa Nukus şahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga kamaytiriladi. Undan taşqari, mol-mulk va yer soliği böyiça soliq stavkalari 2 barobarga kamaytiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun soliq miqdori yiliga 300 ming sömni taşkil etgani tadbirkorlar uçun katta yengillik böldi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi örinbosari Atabek Davletov Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida har bir deputat özining yillik dasturini işlab çiqişi, yil davomida öz saylov okrugida farmonga muvofiq amalga oşirilgan işlarni qayd qilib borişi, qolaversa tadbirkorlarga amaliy kömak berişi lozimligini aytib ötdi.
Şuningdek, har bir deputat öz saylov okrugida farmonning mazmun-mohiyatini keng taşviqot qilişi kerakligi, bunda bukletlar, tarqatma materiallardan foydalangan holda iş olib boriş yaxşi samara berişi taʼkidlandi. Jöqorği Kengesning tumandan saylangan deputatlari va tuman Kengaşi deputatlari bu borada deputatlik nazoratini örnitişi lozimligi, deputatlik maqomidan foydalanib farmon ijrosini taʼminlaşda sustkaşlik va loqaydlikka yöl qöygan korxona-taşkilot masʼullari ustidan şikoyat qilişi mumkinligi eslatib ötildi.
Aytiş kerakki, mazkur farmon xalqimiz hayotiga köplab yengilliklar, ijobiy özgarişlarni olib keladi. Galdagi vazifa esa aholi orasida, jumladan tumanning olis qişloqlarida yaşovçi fuqarolarga tuşuntiriş-tarğibot işlarini olib borişdir.
Yiğiliş davomida deputatlar Jöqorği Kenges Raisi örinbosariga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶