Jayxun ilhomlari
Bayram muborak
Jajji qölçalarga tutqazib qalam,
Qiynalib harflarni örgatar arang.
Kasbi orqasidan bölgan muhtaram,
Bayramingiz qutluğ, aziz ustozlar!
Mehrini şogirddan dariğ tutmagan,
Muloyim sözlardan nari ötmagan.
Özi qiynalsa ham minnat etmagan,
Bayramingiz qutluğ, aziz ustozlar!
Bir paytlar kasbining bölmagan qadri,
Heç kimga aytolmay içida dardi.
Hozir eʼzozlanar ustozning qadri,
Bayramingiz qutluğ, aziz ustozlar!
Şogirdlar quvonçi siğmay içiga,
Oliygohga kirar bilim kuçi-la.
Bularning hammasi ustoz kuçi-da,
Bayramingiz qutluğ, aziz ustozlar!
Gina-kuduratdan bölmadi asar,
Bayram şodligidan ayirma, agar.
Farhodning tilagi böldi muxtasar,
Bayramingiz qutluğ, aziz ustozlar!
Farhod Avaz.
Ota-onamizday aziz
Farzandim, deb ardoqlaguvçi,
Sal keçiksam, söroqlaguvçi.
Onamizday bağriga bosib,
Buyuklarga qiyoslaguvçi.
Yutuqlardan könglimiz toşsa,
Havolanib, kibrimiz oşsa.
Qanotiga olgisi kelar,
Tergab, yölga solgisi kelar.
Otamizday möʼtabardir u,
Bari işdan xabardordir u.
Hayotimiz osmoni aro,
Eng jonfido, yalovbardor u.
Maşhura Rajabova,
82-maktab öquvçisi.
Birinçi ustozim
Menga harf örgatgan
Va aqlimni oşirgan.
Xato qilsam jilmayib,
Eng birinçi keçirgan –
Aziz Ustozim!
Qölimga berib qalam,
Örgatgan hayot ilmin.
Mening ikkinçi onam,
Onajon öqituvçim –
Aziz Ustozim!
Iroda Egamberganova,
55-sonli maktab öquvçisi.
Tabrik
Bizga bilim örgatgan,
Qölga qalam tutqazgan.
Odob-axloq sirlarin,
Yurakka jo aylagan.
Ziyo nurin taratib,
Könglimni şod aylagan.
Dunyolarni tanitib,
Va hayotga yöllagan.
Quvvatlagan parvozim,
Omon böling Ustozim!
Lobaroy Olimbeova,
57-maktab öquvçisi.
Muallim
Oftobdayin yölimiz yorituvçi,
Har qadamda mehr nurin soçuvçi.
Matonat-u şijoatda tanhoyim,
Oq yöl tilab kuzatuvçi muallim.
Poyingizga boş egaman taʼzimda,
Siz panoh böldingiz qiş-u yozimda.
Mehr-muhabbati misoli oftob,
Közlari çölponim, yuzlari mohtob.
Siz yurgan yöllardan yurgim keladi,
Har bitta sözingiz jahoniy taʼlim.
Dunyo yoşlaridan özgim keladi,
Ilm-u irfoningiz uqib, Muallim!
Dilnura Rahimboyeva.
Ustozlarimga
Muloyimdir sözingiz,
Kulib turar közingiz.
Siz-la baland parvozim,
Qalbi daryo ustozim!
Onamdayin suyuksiz,
Otamdayin buyuksiz.
Siz-la barça yutuğim -
Vatandayin uluğim!
Mehr berib bizlarga,
Sehr qöşib sözlarga.
Dunyolarga ovozim,
Taratguvçi ustozim!
Nilufar TOJIMURODOVA,
21-maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶