22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:28
Fan va taʼlim 👁 237

AMUDARYo MUHANDISLIK TEXNIKUMINING ILK BITIRUVChILARI OLIYGOH TALABALARI BOʻLIShDI

AMUDARYo MUHANDISLIK TEXNIKUMINING  ILK BITIRUVChILARI  OLIYGOH TALABALARI BOʻLIShDI

Kasb va hunar insonga umri davomida doimiy hamroh boʻladi. Shu sababli har kimning oʻziga maʼqul boʻlgan kasbni tanlashi bu – hayotdagi eng muhim qadamidir. Yurtimizda shu boisdan ham yoshlarning taʼlim olishi bilan bir qatorda kasb-hunar egallash-lariga ham alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyat-lar yaratib kelinmoqda.   

Maʼlumki, Prezidenti-mizning 2019-yil 6-sentyabr-dagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji 2020-2021 oʻquv yilidan bosh-lab, Qoraqalpoq   Davlat universiteti huzuridagi Amudaryo muhandislik tex-nikumiga aylantirilgan edi. Yangi faoliyat boshla-gan, quvvati 936 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan, 100-oʻrinli yotoqxona, oshxona va 150-oʻrinli majlislar zaliga ega boʻlgan mazkur oʻquv muassasasida traktor tuzilishi va qishloq xoʻ-jalik mashinalariga texnik xizmat koʻrsatish, avtomobil tuzilishi va av-totrenajyor, agronomiya, tup-roqshunoslik va oʻsimlik-shunoslik, chorvachilik va veterinariya meditsinasi xonalari, payvandlash va chilangarlik ustaxonasi toʻliq jihozlanib, yetarli sharoitlar yaratildi. Shu-ningdek, tikuvchilik, elek-tromontaj, kompyuter, umumtaʼlim fan xonalari ham zarur jihozlar bilan taʼminlandi.

Undan tashqari, oʻquvchi-larga taʼlim berayotgan 10 nafar umumtaʼlim, 21 nafar maxsus fan oʻqituvchilari  hamda 8 nafar ishlab chi-qarish taʼlimi ustalari-ning Qoraqalpoq davlat universitetining tegishli kafedralari bilan ham-korligi yoʻlga qoʻyildi. Har bir mutaxassislik boʻyicha  oʻquv-reja va dasturlar aso-sida tayyorlangan oʻqitish materiallar toʻplamiga oliy taʼlim muassasalari kafedralari tomonidan taqrizlar olingan. Ushbu toʻplamlar pedagogik inno-vatsiyalar, kasb-hunar taʼ-limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarning mala-kasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tomonidan yaxshi deb topil-gan boʻlib, ularni tayyorla-gan muallif-oʻqituvchilar Qoraqalpogʻiston Respubli-kasi kasbiy taʼlimni ri-vojlantirish va muvofiq-lashtirish hududiy boshqarmasining metodik boʻlimi  tomonidan  taqdir-langan.

Eʼtiborlisi, tuman ho-kimligining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish boʻlimi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi to-monidan oʻrta boʻgʻin kadr-larga boʻlgan ehtiyojlar oʻrganilib, 9 ta tashkilot va korxonalar bilan ham-korlik shartnomalari tuzildi. Ayni paytda texnikum oʻquvchilari hamkorlik shartnomasi tu-zilgan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlanti-rish boʻlimi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Moliya boʻlimi, Telekommunikatsiya tarmogʻi, Qoraqalpoq umu-miy ovqatlanish korxona-lari uyushmasi, “Tamara textile” MChJ kabi korxona, tashkilotlarda, ularning filiallarida ishlab chiqa-rish va diplom oldi amali-yotlarini oʻtab kelmoqdalar.

Mazkur oʻquv yilida tex-nikumni 159 nafar yoshlar ilk bor «birinchi qaldir-gʻochlar» boʻlib bitirib chi-qishdi. Ulardan 74 nafari oʻqishni davom ettirish uchun oliy taʼlim dargohlariga hujjat topshirishdi va belgilangan tartib boʻyicha imtihonsiz, suhbat asosida 54 nafari oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻlishdi. Shuningdek, 78 nafar bitiruvchilar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlarga joylashib, tuma-nimizning ijtimoiy-iqti-sodiy rivojlanishiga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Amudaryo muhandislik texnikumida mazkur 2022-2023 oʻquv yili uchun kun-duzgi taʼlim shakliga 18 ta mutaxassislik boʻyicha 570 nafar oʻquvchi, sirtqi taʼlim shakliga 8 ta mutaxassislik boʻyicha 200 nafar oʻquvchi, dual taʼlim shakliga 2 ta mutaxassislik boʻyicha 25 nafar oʻquvchi, jami 795 nafar oʻquvchi  qabul qilish toʻgʻrisida taklif kiritilib, qabul kvotasi shakllantirilgan. Bu yilgi qabulda yangidan tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi va kutubxonashunoslik yoʻna-lishlariga ham oʻquvchilar qabul qilindi. Oʻquv muas-sasasiga 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar rejadagi 795 ta oʻringa jami 653 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Kasb va hunar oʻrganish istagida boʻlgan tuman yoshlari ushbu dargohga katta maqsadlar bilan hujjatlarini topshirish-di.  Hujjatlarni qabul qilish elektron tarzda amalga oshirildi. Aytish joizki, texnikumda oʻquv-chilarga kunduzgi va dual taʼlim shaklida 2-yil, sirtqi shaklda esa 2,5-yil davomida kasb oʻrgatiladi.

Bugungi kunning yoshlari yaratib berilayotgan imko-niyatlardan unumli foy-dalanib, ilm, hunar, kasb egallashga astoydil inti-lishlari, harakat qilish-lari lozim. Chunki, jamiyatda ilmli, kasb-korli insonlar koʻpaysa, mamlakat rivoji va taraqqiyoti yuksaladi, el turmushi farovon boʻladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026