“BIZ BILIMDON BOLALARMIZ!” ŞIORI OSTIDA BOŞLANĞIÇ TAʼLIM FAN OYLIGI ÖTKAZILDI
Yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida sentyabr oyini boşlanğiç taʼlim fan oyligi sifatida nişonlaş anʼanaga aylanib bormoqda. Alifboni örganişga kirişgan bolalar, öqiş-yozişni puxta örganib, 2-sinfga qadam qöygan, şuningdek, ilm-fan asoslarini puxta egallaş sari intilayotgan, hatto bu borada öz iqtidorlarini namoyon etayotgan boşlanğiç sinflar öquvçilari uçun boşlanğiya taʼlim fan oyligi doirasidagi tadbirlar qiziqarli taassurotlar bilan ötmoqda.
Amudaryo tuman XTBga qaraşli 36-sonli umumtaʼlim maktabida ham sentyabr oyi davomida fan oyligi doirasida biri-biridan qiziqarli tadbirlar, oçiq darslar taşkil qilinib, inşolar hamda diktantlar tanlovlari ötkazildi. 24-sentyabr kuni esa boşlanğiç sinf öqituvçilari Nasiba Bobojonova, Saragul Yusupova, Alişer Yöldoşev, Gulnoza Matrizayeva, Malohat Rahimova, Barno Matsapoyeva, Barçinoy Xöjamurodova, Barno Ibodullayeva, Iqboloy Allaberganova, Zulxumor Jamolovalar tomonidan tayyorlangan fan oyligi yakuniga bağişlangan adabiy-badiiy tadbir bölib ötdi.
“Biz bilimdon yoşlarmiz!” şiori ostida ötkazilişi rejalaştirilgan boşlanğiç taʼlim fan oyligining yakuniy bosqiçiga bağişlangan tadbirning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan taʼsirçanligini oşiriş maqsadida maktab sahnasi boşlanğiç sinflar öquvçilari tomonidan çiroyli bezatildi. Unda öquvçilarning beş muhim taşabbus doirasida amalga oşirgan işlari, xususan, rassomlik, çevarlik, kitobxonlik, kompyuter savodxonliklarini aks ettiruvçi körgazmali vositalari aks ettirildi.
Tadbirni maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Vahobjon Davletov oçdi va tadbir iştirokçilariga, boşlanğiç sinflar öquvçilari hamda öqituvçilariga bir oy davom etgan boşlanğiç sinflar fan oyligini muvaffaqiyatli tarzda ötkazganliklari uçun minnatdorçilik bildirdi. Şu bilan birga yaqinlaşib kelayotgan 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan barçani muborakbod etdi. Vahobjon Davletov boşlanğiç sinfda berilgan mukammal taʼlim va tarbiyaning ahamiyati haqida töxtalib, insonning şaxs sifatida şakllanişida boşlanğiç taʼlim muhim örni egallaşi, insonning aynan ana şu taʼlim-tarbiya jarayonida olgan bilimi öz kelajagi uçun qöyiladigan mustahkam poydevor bölişini taʼkidladi.
Tadbirda boşlanğiç sinf öquvçilarining barçasi faol iştirok etib, özlari tayyorlagan Vatanni, tinçlikni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlari hamda şeʼrlari bilan barçani xuşnud qildi.
Ular öz ijrolari orqali maktab öquvçilarining çuqur bilim oliş bilan birga musiqa, raqs sanʼatini ham puxta egallayotganligini amalda namoyon etdilar.
Fan oyligi doirasida “Havaskor rassomlar” tanlovi ham ötkazilib, ğolib öquvçilar rağbatlantirildi. Tadbirda faol iştirok etgan öquvçilar bilan bir qatorda inşolar hamda diktantlar tanlovi ğoliblari ham maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Boşlanğiç sinflar fan oyligini ötkazişdan maqsad maktabdagi iqtidorli, öquvçilarni rağbatlantiriş, ulardagi ijodiy qobiliyatni östiriş, bu boradagi taʼlim-tarbiya uslublarini takomillaştiriş hamda samaradorligini oşiriş orqali öquvçi-yoşlarni kelajakda özlari tanlagan yönalişlar böyiça kasb-kor egallaşlari uçun mustahkam zamin yaratişdir.
Muhayyo Karimova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶