IPOTEKA KREDITIDAN FOYDALANIŞDA QÖŞIMÇA IMTIYoZLAR BERILDI
Aholini yangi va qulay uy-joylar bilan taʼminlaş borasida mamlakatimizda köplab islohotlar amalga oşirilmoqda. Zero, fuqarolarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning tinç va osoyişta öz uylarida yaşaşlari uçun qulay muhit yaratiş davlatimizning oldiga qöygan muhim vazifalardan biridir.
Uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalaniş amaliyotini yanada takomillaştiriş va kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanişda aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boşlab, dastlabki badalning va ipoteka krediti böyiça foizlarning bir qismini qoplaş uçun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib oliş, quriş yoki rekonstruktsiya qiliş uçun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular böyiça hisoblangan foizlarni tölaş uçun yönaltirilgan iş haqi va boşqa daromadlari jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğiga tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz qarz oluvçi va birga qarz oluvçilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 80 baravaridan oşmagan qismiga tatbiq etiladi. 2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uçun yönaltirilgan daromad soliqqa tortiladi. Şuningdek, 2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uçun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratişga ruxsat beriladi. Qaror bilan 2021-yilda berilgan subsidiya ajratiş töğrisidagi xabarnomalarning amal qiliş muddati 2022-yil 31-dekabrgaça uzaytirildi. “Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi” AJga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştiriş uçun 3-yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz tölovlarini har 6 oyda tölaş şarti bilan 300 mlrd sömgaça byudjet ssudasi ajratiladi. Uy-joylar va ipoteka kredit olişda fuqarolarga qöşimça qulayliklar yaratiş uçun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari taşkil etiladi.
Aholini yangi uy-joylar bilan töliq taʼminlaş maqsadida qabul qilinayotgan bu kabi qarorlar fuqarolar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni turar joylar bilan taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sarvar Haytboyev, tuman Adliya bölimi Davlat xizmatlar markazi bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶