Saylovlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatining saylovlar bilan boğliq jihatlarini rivojlantirişga doir çora-tadbirlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi tahrirdagi "Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisidagi” qonunda mahallalarning saylov jarayonidagi iştiroki bilan boğliq vakolatlar, aniq belgilab berilgan. Qonunning 11-moddasiga asosan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi böyiça, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov böyiça uçastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegişli okrug saylov komissiyalariga, şuningdek, referendum ötkaziş böyiça uçastka komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni referendum ötkaziş böyiça tegişli okrug komissiyalariga taqdim etadi hamda xalq deputatlari tuman, şahar Kengaşi deputatligiga nomzod körsatiş töğrisida qaror qabul qiliş vakolatiga ega.
Şuningdek, qonunning 13-moddasiga asosan fuqarolar yiğini Kengaşi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari deputatlariga ularning saylovçilar bilan uçraşuvlarini uyuştirişda, fuqarolarni qabul qilişda, ularning öz saylov okruglarida boşqa vakolatlarini amalga oşirişda kömaklaşadi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining saylov jarayonlaridagi iştiroki bilan boğliq vakolatlari boşqa qonunlarda ham belgilab qöyilgan. Jumladan, "Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida”gi qonunda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, jamoat birlaşmalari, şuningdek, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalarga saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş uçun jihozlangan xonalarni bepul ajratişi, zarur maʼlumot va axborot materiallarini olişda yordam körsatişi şartligi belgilab qöyilgan.
Şuningdek, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov töğrisida”gi qonunda ham fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining saylov jarayonlarida iştirok etişi bilan boğliq normalar belgilab qöyilgan. Uşbu qonunning 6-moddasiga asosan agar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari deputatlikka nomzodlar körsatgan bölsa, saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir barça tadbirlarda, şuningdek, saylov kuni ovoz beriş xonalarida va ovozlarni sanab çiqiş jarayonida bittadan kuzatuvçi iştirokini taʼminlaş huquqiga egadirlar. Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga saylov ötkazuvçi tuman, şahar va okrug saylov komissiyalari, şuningdek, uçastka saylov komissiya aʼzolari tegişli qonunçilikka asosan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tavsiyasiga köra tasdiqlanadi. Deputatlikka nomzod körsatgan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari saylov komissiyasi qaroridan norozi bölsa, qaror qabul qilingan kundan 10 kun davomida yuqori turuvçi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qilişlari ham mumkin.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlariga saylovlarda deputatlikka nomzod körsatişlari mumkin. Buning uçun deputatlikka nomzod vakillar yiğilişida bir ovozdan maʼqullanganidan söng fuqarolar yiğini raisi tegişli tuman va şahar komissiyasigafuqarolarning özini özi boşqariş organi nomzodini röyxatga olişini sörab ariza bilan murojaat qiladi.
Xulosa örnida şuni aytişimiz mumkinki, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining davlat va jamiyat hayotida hamda mamlakatimizda kuçli fuqarolik jamiyatini şakllantirişdagi roli ortib bormoqda.
Şerzod BÖRONOV, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶