Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumanida böldi
20-avgust kuni Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Aktam Hayitov, Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi boşliği Husniddin Karimovlar Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev hamrohligida tumanning Dörman hamda Xolimbeg ovullaridagi fermer xöjaliklarida böldi.
Taşrif davomida dastlab mehmonlar Dörman ovulining fermer xöjaliklaridagi ğöza maydonlarini közdan keçirdi.
Köpni körgan, tajribali dehqonlar yoz çillasidagi harorat ğöza nihollarining rivojlanişida va möl hosil yetiştirişda muhim örin tutişini yaxşi biladilar. Amudaryolik fermerlar ham ğöza ekilgan 2 ming 200 gektar maydonlarda agrotexnika tadbirlarini öz vaqtida amalga oşirib, vegetatsiya davridagi tadbirlarni optimal variantlarda va sifatli ötkazişga bor kuç va resursni sarf etmoqdalar.
Uçraşuv davomida Aktam Hayitov ğöza parvarişida belgilangan agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş, kasallik va zararkunandalarga qarşi samarali kuraşiş, oziqlantiriş işlarini yakunlaş va uşbu maydonlarni şarbat usulida peşma-peş suğoriş hamda kultivatsiya qiliş işlarining taşkil etilişi böyiça takliflarini berib ötdi.
Şundan söng, Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvçi aka-ukalar Tursunboy hamda Erkinboy Toğayevlarning xonadonlariga taşrif buyurildi. Özlarinig ixçamgina tomorqasidan unumli foydalanib, turli poliz ekinlarini yetiştirib katta daromad manbaiga ega bölayotgan aka-ukalar yetiştirgan mahsulotlarini bozor rastalariga çiqarib, aholini arzon hamda sifatli mahsulotlar bilan taʼminlaşga hissa qöşmoqdalar.
Darhaqiqat, tomorqa — rizq-nasiba, mömay daromad manbai. Uning dasturxonimiz fayz-u barakasi, aholi turmuş farovonligi, yurt obodligini taʼminlaşdagi örnining esa qiyosi yöq. Hamma gap undan neçoğli oqilona foydalana olişda.
Taşrif davomida mehmonlar Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvçi, özlarining tadbirkorlik faoliyatini qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş orqali yölga qöygan fuqarolarning dalalarida ham böldilar.
Uşbu fuqarolar hokim yordamçisi Akmalbek Xolmuratovning kömagi bilan e-auksion tizimi orqali 25 sotixdan ijaraga yer olişib, yer maydonlarida yetiştirilgan ekinlarni agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda parvarişlab, sifatli poliz mahsulotlarini yetiştirdi.
Ekinlarning dastlabki hosilidan 15 mln. söm atrofida sof daromad körgan fuqarolar bugungi kunga kelib öz dalalariga takroriy ekinlar ekişgan.
Aktam Hayitov hamda Husniddin Karimovlar bir qariç yerdan ham unumli foydalanayotgan paxta dalalaridagi mirişkor dehqonlarimiz, tomorqasida oilasining yillik ehtiyojini qoplaş bilan birga qöşimça daromad topayotgan tumanimiz aholisining işlariga omad tiladilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶