Bola huquqlari - qonun himoyasida
Yurtboşmiz I.A.Karimovning "Bizning kelajagimiz, eng asosiy işonçimiz, madad – tayançimiz – bu ösib kelayotgan yoş avloddir. Men özimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana şu yoşlar qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqaraşida köraman”, degan sözlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Bola huquqlariga oid milliy qonunçilik deganda, avvalo, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-, 65-moddalariga eʼtibor qaratiş lozimdir. Jumladan, 64-moddada "Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya faoliyatlarini rağbatlantiradi” deb körsatib ötilgan.
65-moddada esa "Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼiy nazar, Qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deb belgilab qöyilgan. Konstitutsiyada körsatilgan onalik va bolalikni muhofaza kiliş masalasi Özbekiston Respublikasining bir qator qonunlari bilan tartibga solinadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi "Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordam tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi va 1994-yil 23-avgustdagi "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qiliş çoralari töğrisida”gi va boşqa Farmonlar mamlakatimizda bolalikni muhofaza qiliş, bolalarning jismoniy, axloqiy va maʼnaviy kamol topişi uçun qulay şart-şaroit yaratiş bilan boğliq çora-tadbirlarni amalga oşirişga ham alohida eʼtibor berilmoqda.
Bola huquqlariga oid maxsus qonunçilik töğrisida gapirilganda quyidagi hujjatlarni alohida taʼkidlab ötiş maqsadga muvofiqdir.
Özbekiston Respublikasining 1991-yildagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi, 2008-yildagi "Bola huquqlari kafolatlari töğrisida”gi qonunlari şular jumlasidandir. Ayniqsa, "Bola huquqlari kafolatlari töğrisida”gi Qonun Özbekiston qöşilgan "Bola huquqlari konventsiyasi”ning milliy qonunçilikka töliq implementatsiyasi hisoblanadi. Mazkur konunda soğlikni saqlaş, taʼlim, ijtimoiy taʼminot va har tomonlama rivojlantiriş sohalarida bola huquqlarining kafolatlari mustahkamlab qöyilgan. Uşbu qonunda ijtimoiy zaif bolalar va alohida ehtiyojlarga muhtoj bolalarning huquqlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bolalarning malakaviy tibbiy körikka bölgan huquqlarini amalga oşirişning muayyan mexanizmi "Fuqarolar soğligini muhofaza qiliş töğrisida”gi Qonunda mustahkamlab qöyilgan. Mazkur Qonunga köra, davlat soğlikni saqlaş tizimi xizmatlaridan foydalaniş va bolalar soğligini tiklaş uçun imkoniyatlar yaratib beradi.
Şu maqsadda Respublika reproduktiv salomatlik markazi va ösmirlar reproduktiv salomatligi markazi va ularning viloyatlardagi filiallari faoliyat körsatib turibdi. Har yili barça bolalarni tibbiy dispanserizatsiyalaş amalga oşirilmokda. Ötgan asrning 90-yillari bilan soliştirganda gödaklar ölimining darajasi ança kamayişi kuzatilmokda. Bularning barçasi istiqlol şarofati, Yurtboşimiz sayʼ-harakatlari tufayli yaratilayotgan imkoniyatlar natijasidir.
Sanobar Xalbayeva, tuman FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶