DXX Raisi kubogi uçun ötkazilgan futbol musobaqalarida 3-örinni egallagan Xolimbeg ovuli jamoasi rağbatlantirildi
Joriy yilning aprel oyida 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun futbol musobaqalariga start berilgan edi.
9-avgust kuni mazkur musobaqalarning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 3-örinni egallagan Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli jamoasi bilan uçraşuv taşkil etildi.
Mahalla yoşlarini birlaştiriş, böş vaqtlarini köngilli ötkaziş, ular orasida sportni ommalaştiriş, isteʼdodli futbolçilarni kaşf etiş maqsadida keyingi yillarda anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan bu musobaqa joriy yilda ayniqsa uyuşqoqlik bilan ötkazildi va nufuzi oşdi. Mamlakatimiz miqyosida barça mahallalar futbolsevarlar yoşlari jamoalari iştirokidagi bahslar mahalla, sektor, tuman, şahar, viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazildi va mamlakat bosqiçida iştirok etadigan jamoalar aniqlandi.
Şunisi quvonçliki, yaqinda uşbu musobaqaning Qoraqalpoğiston bosqiçida faxrli 3-örin uçun daʼvogar bölgan Taxtaköpir va Amudaryo tumanlari futbolçilari örtasida ötkazilgan bahsda Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli yoşlari raqiblar darvozasiga 7-marta töp kiritib, işonçli ğalabaga erişdilar.
Ovulning 16 nafar yoşlaridan tuzilgan jamoa avval ham köpgina nufuzli musobaqalarda qatşanib, ğolib va sovrindor bölib kelayotgan edi. Qoraqalpoğiston miqyosida 424 mahallaning yoş futbolçilari orasida uçinçi örinni egallaş ham oson bölmadi. Jamoaning 16 nafar aʼzosi ham uşbu bahsda bor iqtidorini namoyiş etişga intildi, ğolib çiqiş uçun kuraşdi. 7:0 hisobi bilan bahsni yakunlaganlarida çarçoqni ham unutib, quvonganlaridan bir-birlarini qutladilar.
Davlat Xavfsizlik xizmati Raisi kubogi uçun ötkazilgan futbol musobaqasi Qoraqalpoğiston bosqiçi ğolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi xolimbeglik futbolçilar uçun öçmas taassurotlar qoldirdi. Taniqli futbol hakami, instruktor, Özbekiston futbol Federatsiyasi vitse prezidenti Ravşan Ermatov ularni bu ğalabasi bilan qutlab, qimmatbaho sovğalar topşirdi, murabbiylari çuqur minnatdorçilik bildirdi.
Xolimbeg ovul fuqarolar yiğini binosida sovrindor futbolçilar uçun taşkil etilgan tantanali tadbirda fuqarolar yiğini raisi Zarifboy Ollamov sportçilarni erişgan ğalabasi bilan fuqarolar yiğini hamda ovul aholisining nomidan qizğin qutladi.
Ayniqsa, yakuniy bahsda raqib darvozasini bexato nişonga olgan Jörabek Toğayev, uning jamoadoşlari Abdulla Dösçanov, Akmal Komilov, Azamat Davlatboyev, Farrux Matkarimov, Behzod Hayitboyev, Şamşiddin Örozboyevlarga ovul sport şarafi yuksalişiga munosib hissa qöşgani uçun rahmatlar aytdi.
Yana bir eʼtirofga arzigulik maʼlumot: Davlat xavfsizlik xizmati Raisi Kubogi musobaqasining Qoraqalpoğiston bosqiçi bahslarida aynan xolimbeglik Şamşiddin Örozboyev “Eng yaxşi öyinçi” deya eʼtirof etildi.
Yoş futbolçilarni murabbiy Yangiboy Eşimbetov, jamoa sardori Ğafur Yangiboyevlar ham qizğin qutlab, kelgusi yilda uşbu anʼanaviy musobaqaning mamlakat miqyosidagi ğolibi bölişini tiladilar.
Sevara Ismoilova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶