12.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.10.2026, 19:47
Iqtisodiyot 👁 508

Hokim yordamchisi xalq xizmatida

Hokim yordamchisi xalq xizmatida

Bugungi kunda Amudaryo tumanida 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, har bir ovul va mahallaga 1 nafar hokim yordamchisi biriktirilgan. Hokim yordamchilari aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar olib bormoqda.

Jumladan, Arnaboʻyi mahallasining hokim yordamchisi Suroj Oʻrazmatov ham yanvar oyida hokim yordamchisi lavozimiga ochiq tanlov asosida tayinlaib, oʻz ish faoliyatini samarali tarzda olib bormoqda.

Mahallaga aholi jon boshidan kelib chiqib, 1 mlrd. 522 mln soʻm miqdorda kredit resurslari ajratilgan boʻlib, bugungi kunda 35 nafar fuqaroga ushbu mablagʻlar hisobidan 780 mln. soʻm miqdorida tadbirkorlikning turli yoʻnalishlari bilan shugʻullanish uchun kreditlar ajratildi.

Bugungi kunda mahallada 770 ta xonadonda 4 ming 299 nafar aholi istiqomat qiladi. Hokim yordamchisi ushbu fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashish asnosida muammolarni “xonadonbay” tarzda oʻrganib hal qilishga erishmoqda.

Jumladan, mahallada yashovchi Charshamboy Qoʻchqarovga 33 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berildi. Charshamboy aka ushbu mablagʻga yuk tashishga moʻljallangan mototsikl sotib olib, mahalladoshlarining ogʻirini yengil qilish bilan birga anchagina daromad ham topmoqda. Qolaversa, oʻz dalasida yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorga olib chiqib sotishda, mahalladoshlarining ogʻir yuklarini manzillariga yetkazib berishda ushbu mototsikl qoʻl kelmoqda. Mahallada hokim yordamchisi koʻmagi bilan mana shunday mototsikl sohibi boʻlgan yana 3 nafar fuqaro bor.

Undan tashqari, hokim yordamchisining bevosita yordami bilan 20 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, hovlisida asalarichilik bilan shugʻullanayotgan Ozodboy Toʻrayev ham katta daromad koʻrmoqda. Ayni kunlarda Ozodboy aka asalari qutilaridan asal yigʻib olmoqda. 20 quti asalari uyasidan 350-400 kilogrammdan ortiq asal olib, 1 kilogramm asalni 60 ming soʻmdan sotadi va har mavsumda 24-25 million soʻm atrofida foyda koʻradi.

Ayni kunlarda Arnaboʻyi mahallasida parrandachilik kooperatsiyasini tashkil qilish boʻyicha ham tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, hokim yordamchisining amaliy koʻmagi bilan mahalla hududida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 25 nafar fuqaroning har biriga 80 ta tovuq, shuningdek, tovuqlarni boqish uchun 1 oylik don-dun olib berildi. Tovuqlardan bir kunda oʻrtacha 70-75 ta tuxum olinib, bozor rastalari arzon va sifatli tuxumlar bilan taʼminlanishiga hissa qoʻshilmoqda. Ishsiz, bandligi taʼminlanmagan ayol-qizlar, yoshlarga berilgan bunday imkoniyat ularning uyda oʻtirib ham katta daromad topishida muhim omil boʻlib xizmat qilayotir.

Aytish joizki, joriy yildan boshlab mamlakatimiz mahallalarida ish boshlagan ushbu mutlaqo yangi tizim ahvoli ogʻir oilalarga manzilli koʻmak berish, ularni ishbilarmonlikka jalb qilish orqali kambagʻallikni qisqartirish va xalqimiz farovonligini taʼminlashga qaratilgani bilan katta ahamiyatga ega. Qolaversa, kimningdir ogʻirini yengil qilish, yashash sharoitining yaxshilanishiga yordam berishning savobi ulugʻdir. Arnaboʻyi mahallasining hokim yordamchisi Suroj Oʻrazmatov ham mahallasida istiqomat qilayotgan aholining muammolarini hal etishda ularga koʻmakchi va suyanchiq boʻlib kelmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026