XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAŞINING 39-SESSIYaSI TÖĞRISIDA AXBOROT
2014-yil 30-oktyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengaşining 39-sessiyasi bölib ötdi. Sessiyani 24-Qangli saylov okrugidan deputat, tuman hokimi R.Yöldaşev kiriş sözi bilan oçdi va olib bordi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari va hokimlik masʼul xodimlari, bölimlari, siyosiy partiyalar va jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok qildilar.
Sessiya kotibligiga 23-Navoiy saylov okrugidan deputat K.Kudenov saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga saylov ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qiliş töğrisida”gi, "Fermer xöjaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni va tegişli hukumat qarorlari talablarining tumanda ijrosi töğrisida”gi, "Soğlom bola yili” tuman dasturining 2014-yil 9 oyidagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari B.Ernazarovning hisoboti töğrisida”gi va "Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ 2124-sonli qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan Amudaryo tumanida 2014 yil 9 oyida olib borilgan işlar böyiça tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi M.Ahmedovaning hisoboti haqida”gi va boşqa masalalar kiritildi.
Sessiya kun tartibidagi birinçi masala muhokamasida taʼkidlandiki, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylovlar munosabati bilan tuman hududida Beruniy tumanining bir qismi qöşilgan holda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov ötkuzuvçi 4-Amudaryo saylov okrugi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga saylov ötkazuvçi 6 ta saylov okrugi va okrug saylov komissiyalari tuzildi. Xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylov böyiça 30 ta saylov okrugi va okrug saylov komissiyalari tuzilib, faoliyatlarini boşladilar.
2014-yil 20-oktyabr kungi 4-Amudaryo okrug saylov komissiyasining qarori bilan Amudaryo tumanida 58 ta, Beruniy tumanida 16 ta saylov uçastkalari tuzildi.
"Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar Xalq deputatlari tuman Kengaşi sessiyalari majlislarida muhokama qilinib, okrug saylov komissiyasiga tavsiya qilinişi belgilangan. Deputatlar tomonidan tumandagi 58 ta uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qiliş masalasi körib çiqilib, tegişli qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi ikkinçi masala, "Fermer xöjaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni va tegişli hukumat qarorlari talablarining tumandagi ijrosi töğrisida”gi masala yuzasidan tuman Kengaşining Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya böyiça doimiy komissiyasi raisi örinbosari Anvar Yuldaşov, "Soğlom bola yili” tuman dasturining 2014-yil 9 oyida ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinçi örinbosari Bahodir Ernazarov hisobot berdi.
Kun tartibidagi törtinçi masala, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ 2124-sonli qarori ijrosini taʼminlaş yuzasidan Amudaryo tumanida 2014-yil 9 oyida olib borilgan işlar böyiça tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova hisobot berdi.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi va şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Öz muxbirimizdan

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶