14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 329

AMUDARYoDA EKSPORTBOP UZUM YeTIShTIRILMOQDA

AMUDARYoDA EKSPORTBOP UZUM YeTIShTIRILMOQDA

Ulugʻ Amir Temur bobomiz oʻz zamonasida: “Ming nafar qoʻlidan ish kelmaydigan, tadbirsiz odamdan bir nafar tadbirkor afzal”, deganlarida el-yurt obodonchiligi, ona Vatan farovonligini taʼminlovchi qudratli kuch – tadbirkor, ishbilarmon insonlarni ulugʻlaganlar va bu boradagi fikr-u siyosatida sobit turib, ana shu toifa insonlarni gʻoyat qadrlaganlar.

Oradan necha asrlar oʻtsa hamki, nafaqat alohida mamlakatlar, balki dunyo iqtisodiyotining taraqqiy etishida ham tadbirkorlik faoliyatga eʼtibor va ragʻbat tobora oshib bormoqda. Mustaqil Oʻzbekistonimizda tadbirkorlik sohasi yil sayin jadal rivojlanib, mamlakatimiz, xalqimiz farovonligini taʼminlovchi yetakchi kuch vazifasini oʻtamoqda. Amudaryo tumanida ham sohaga qaratilayotgan eʼtibor tufayli iqtisodi yuksalib, nafaqat oʻziga, balki xalqimizga ham manfaat keltirayotgan tadbirkorlar talaygina.

Azimboy Jumamurodov 2017-yilda “Mangʻit omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etganida korxona hisob raqamida bank kredit mablagʻidan boshqa daromadi yoʻq edi. Bogʻdorchilik sohasiga, ayniqsa, uzumchilikka alohida ixlos qoʻygan Azimboy sohaga oid ilmiy adabiyotlarni izlab topib, oʻqib-oʻrganishdan, taniqli bogʻbonlar tajribasi bilan tanishish va oʻz faoliyatiga tatbiq etishdan aslo charchamadi.

Bir necha marta Oʻzbekistonning vodiy viloyatlariga safar uyushtirdi. Tajribali uzumchilik xoʻjaliklari rahbarlari, bogʻbonlari, soha mutaxassislari bilan uchrashib, tok oʻstirish, koʻpaytirish, parvarishlash, qoʻyingki, sohaga oid jamiki agrotexnik tadbirlar yuzasidan maslahat va tavsiyalar oldi. Hatto yetishtirilgan uzum mevasini qishga saqlash boʻyicha qimmatli tajribalarini erinmay oʻrgandi. Oʻzi mustaqil oʻrgangan bilim va amaliy tajribalari asosida ishni tashkil etishga harakat qildi.

Oʻrganganlari asosida shu narsaga amin boʻldiki, Amudaryo zaminida ham sersohil uzumzorlarni bunyod etish, hatto yuqori hosil olish imkoni mavjud. Muhimi, Amudaryo tumani iqlim sharoitida pishib-yetilgan uzum mevasi Oʻzbekistonning boshqa hududlariga nisbatan ancha shirin boʻlishini amalda koʻrgach, 2020-yilda qoʻshimcha 12 gektar yer olib, korxonasini bogʻdorchilik klasteri sifatida qayta tashkil etdi. Yana vodiy viloyatlariga borib, eksportbop uzum koʻchatlarini olib keldi. Asosan Andijon toifi navidan iborat 12 gektarlik uzumzor bogʻda nihollarning toʻliq unib-oʻsib ketishi uchun fidoyilik bilan mehnat qildi.

Klaster korxonasi tashkil etilishi bilan 10 nafar yoshlar doimiy ish bilan taʼminlandi. Mavsumiy ishlarga jalb qilingan 40 nafar yoshlarga esa kunbay ish haqi toʻlanayotgani uchun uzumzor bogʻda barcha ishlar reja asosida olib borilmoqda.

Ayni paytda klaster korxonasi rahbari Azimboy Jumamurodovning rejalari katta. Joriy yil kuzda uzumzor bogʻlan ilk hosil xirmonini koʻtarishga taraddud koʻrayotgan klaster korxonasida sigʻimi 1000 tonnalik zamonaviy muzlatgich qurib bitkazildi.

Asosiy hosilni Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilishni rejalashtirgan korxona rahbariga barcha oila aʼzolari yaqin koʻmakdosh. Ukalari Nizomjon, Ilhomjon, Ikromjon Jumamurodovlar oʻzlarining doimiy va daromadli ish bilan bandligini taʼminlagani uchun Azimboy akasidan minnatdor.

Bu yil klaster korxonasi ishchilari safiga Jumamurodovlar oilasining uchinchi avlodi ham kelib qoʻshilishdi. Yosh sohibkor bogʻbonlar Sardor, Sarvar va Sanjar Safarboyevlar uzum toklarini parvarishlash, zangi va bagʻazlarga bogʻlash, oziqlantirish ishlarini puxta oʻrganib olishgan. 12 gektarlik yangi uzumzor bogʻda esa moʻl hosil va boʻlajak daromaddan darak berib, uzum gʻoʻralari quyosh nuridan bahra olib, pishib-yetilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019