Erkin faoliyatning işonçli kafolati
Mamlakatimiz xalqi, şu jumladan, yoşlarimiz taʼlim, sport yoki iqtisodiyot sohasi deymizmi, xullas, barça jabhada dunyoda heç kimdan kam emasliklarini namoyon etişmoqda. Qölga kiritayotgan yutuqlarimiz kundan-kunga salmoqli bölib borayapti.
Biroq bu öz-özidan bölayotgani yöq. Bu
borada Konstitutsiyamiz mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qilmoqda,
desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Zero, Asosiy Qonunimizda erkin
işlaş va kasb tanlaş huquqi, hamma kasb egalari faoliyati erkinligi
mustahkam kafolatlangan.
Darhaqiqat, hayotimizda Asosiy Qonunimizning
örni beqiyos. Mazkur hujjat zamon bilan hamqadamligi, mukammalligi,
xalqimiz dilidagi ezgu ğoyalarni özida ifoda etganligi bilan har birimiz
uçun nihoyatda qadrlidir. Xususan, uning 36-moddasida: "Har bir şaxs
mulkdor bölişga haqli” deb belgilab qöyilganki, bu yurtimizda
mulkçilikning barça şakliga keng örin berilib, mulkdorlar faoliyati
davlat himoyasiga olinganidan dalolatdir.
Fermer xöjaligimizni 2002
yilda taşkil etgan bölsak, ötgan davrda yaratib berilgan qulay
şart-şaroitlardan unumli foydalanib, muayyan yutuqlarga erişayapmiz. Eng
muhimi, mehnatimizning rohatini körayapmiz.
Hozirgi kunda ixtiyorimizda
184,9 gektar yer bor. Bu yerda paxta va ğalladan möl hosil yetiştirişdan
taşqari, boğdorçilik, sabzavotçilik, asalariçilik, baliqçilik kabi
qöşimça tarmoqlarni rivojlantirişga ham katta eʼtibor qaratayapmiz.
Daromad esa şunga yaraşa bölmoqda. Foydaning bir qismini zamonaviy
texnikalar sotib oliş hamda faoliyatimizni yanada kengaytirişga
yönaltirayapmiz.
Xöjaligimizda 147 kişi mehnat qiladi. Ularning
fidokorona mehnati tufayli ötgan yili el dasturxoniga 14 tonna meva, 1,4
tonna baliq va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini tortiq etgan
bölsak, bu yil ularning miqdorini yanada köpaytirişga harakat qilayapmiz. Ğalla va paxta xirmonlarimiz ham tobora yuksalib bormoqda.
Joriy
yilda, şuningdek, "Qiliçboy” ovul fuqarolar yiğini hududida
avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasini işga tuşirib, qöşimça
iş örni yaratdik. Şu kunlarda tikuvçilik tsexini ham taşkil etiş
harakatidamiz. Nasib qilsa, bu loyihamiz röyobga çiqqaç, kasb-hunar
kollejlarini bitirgan önga yaqin çevar qizlarni iş bilan taʼminlaymiz.
Şu
bilan birga, kelgusi yil hosili uçun zamin yaratişni ham eʼtibordan
çetda qoldirmayapmiz. Yerni ekin-tikin işlariga hozirlaş va kuzgi buğdoy
ekiş işlari jadal olib borilmoqda. Bundan közlagan asosiy maqsadimiz
yurtimiz ravnaqi, xalqimiz turmuş farovonligi oşişiga munosib hissa
qöşişdan iboratdir.
Otaxon QURBONIYoZOV,
Amudaryo tumanidagi «Amirxon» fermer xöjaligi rahbari,
«Şuhrat» medali sohibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶