Abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazida xizmatlar körsatilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiyaning Qoraqalpoğiton Respublikasi boşqarmasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi boşqarmasining “2022 -2023 öquv yili uçun Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini onlayn qabul qilişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qöşma qarori imzolandi.
Qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazida abituriyenlarning hujjatlarini onlayn topşiriş jarayonlari taşkil qilindi.
Abituriyentlarning hujjat topşirişlariga yaqindan yordam beriş maqsadida, Amudaryo tumaniga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining öqituvçilari masʼul qilib biriktirilgan bölib, ular tomonidan abuturiyentlarga Oliy taʼlim muassasalaridagi qabul kvotalari haqida batafsil maʼlumotlar berilmoqda.
Aytiş kerakki, bugungi kunda Amudaryo tumanidagi 2 ming 582 nafar bitiruvçilar umumiy örta taʼlim maktablarining 11-sinfini bitkazib, Oliy taʼlim muassasalarida öqiş uçun hujjatlar topşirmoqda.
Şu örinda taʼkidlaş lozimki, barça test topşiruvçilar uçun majburiy hisoblangan 3 ta fan – ona tili, matematika, Özbekiston tarixi fanlaridan töplaş mumkin bölgan maksimal 33 ballning joriy qilinişi abuturiyentlarning öz ona tili, matematika fani hamda Vatanimiz tarixi haqida çuqur bilimga ega bölişlariga zamin yaratmoqda.
Darhaqiqat, talaba qaysi kasbni tanlaşidan qatʼiy nazar öz mutaxassiclik fanlaridan taşqari mazkur fanlarni çuqur bilmoği lozim.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, test sinovlari taşkil etilayotgan yilda taʼlim muassasalarini tugatgan abuturiyentlar, nogironligi bölgan, töliq davlat taʼminotidagi va ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan, şuningdek, imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar test sinovlari uçun tölovni amalga oşirmaydi.
Bugungi kunda yurtimizda taʼlim tizimida abituriyent va talabalar uçun köplab yangiliklar joriy qilinmoqda. Bakalavriat bosqiçiga kontrakt asosida öqişga qabul qilingan ayol-qizlarga 7-yil muddatga foizsiz kreditlar ajratilişi, qolaversa, magistratrurada taʼlim olayotgan qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan töliq qoplab berilişi ayol-qizlar uçun muhim ijobiy yangilik böldi.
Öz navbatida yurtimizning turli hududlarida joylaşgan har bir oliy taʼlim muassasasida ham yoşlarning taʼlim olişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan. Talabalar zamonaviy texnologiyalar va interfaol usullar yordamida milliy taʼlim tizimiga tadbiq etilgan ilğor uslublar asosida taʼlim va tarbiya olmoqdalar.
Yoşlardan esa mavjud imkoniyat va şaroitlar tölaqonli foydalanib, qunt bilan bilim oliş talab etiladi. Zero, yoşlar ertangi kun umidlari, kelajagi porloq Vatanimizning egalaridir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶