Hokim va bitiruvçi yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
2022-yil 23-iyun kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida hokim va bitiruvçi yoşlar uçraşuvi bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi qoşidagi “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekmon ota Allaberganov, tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismailov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengaşi deputati, 40-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori Sanobar Xöjamuratova hamda tumandagi 85 ta maktabning ilğor bitiruvçi yoşlari iştirok etişdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev bitiruvçilarni yetuklik şahodatnomalarini olib, yangi hayot ostonasida turganliklari bilan samimiy tabrikladi.
Şundan söng Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi qoşidagi “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekmon ota Allaberganov özining maktab davri, öşa paytdagi taʼlim tizimi haqidagi xotiralari bilan örtoqlaşib, keçagi maktab bitiruvçilari bilan bugungi kun bitiruvçilarini qiyoslab, ularning örtasida katta farq mavjudligini, bugun yoşlar uçun barça imkoniyatlar eşiklari keng oçilganini taʼkidladi. Şuningdek, yangi hayot ostonasida turgan bitiruvçilarga turli yot illatlarga berilmaslik, internetdan foydalaniş madaniyatiga amal qiliş böyiça özining nasihat hamda körsatmalarini berib ötdi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengaşi deputati, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xöjamuratova özining yoşlik davrini, öqişga kiriş yölida çekan maşaqqatlarini sözlab, bugungi kunda yoşlar uçun ulkan imkoniyatlar yaratilganini, yoşlardan esa faqatgina undan foydalaniş talab etilişini aytib, bitiruvçilarga katta şijoat ulaşdi.
Şundan söng tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismailov tumanda joriy öquv yilida 2 ming 582 nafar bitiruvçi 11-sinfni tugatganligi, fanlarini aʼlo baholarga özlaştirgan 15 nafar öquvçi oltin va 2 nafar öquvçi kumuş medal bilan taqdirlanib, 5 nafar öquvçi ingliz tili böyiça xalqaro V2 va S1 sertifikati sohibi bölişganini, undan taşqari 2 nafar öquvçi Toşkent amaliy fanlar universitetiga imtihonlarsiz kiriş böyiça sertifikat bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. U öz sözida bitiruvçilarning Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida öqişga kirişlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.
Uçraşuv davomida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev bitiruvçilarni erişgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga taʼlim va tarbiya bergan ustozlari hamda ota-onalariga özining çuqur minnaddorligini bildirdi. Şuningdek, bitiruvçilarning kelgusida Vatan ravnaqiga hissa qöşadigan munosib farzand bölib yetişişlariga işonç bildirdi.
Uçraşuv yakunida xalqaro va milliy sertifikatlar sohibi, 40-sonli umutaʼlim maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Nurbek Jumaniyazov hamda matematika fanidan milliy sertifikatga ega bölgan, 94 foiz öquvçisi Oliy taʼlim muassasi talabasi bölgan 40-sonli maktabning matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirovlar bitiruvçilarga özlarining samimiy tabriklarini yöllaşdi.
Bitiruvçi yoşlar özlariga bildirilgan yuksak eʼtibor hamda işonçni oqlagan holda kelgusida Vatanimiz koriga yaraydigan komil insonlar bölib yetişişlariga tilakdoşmiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶