ĞALLA XIRMONLARI SARBALAND FERMER XÖJALIKLARI
Ğalla – insoniyatning muhim hayot manbalaridan biri. Ğalla xirmonlari qançalik yuksak bölsa, hayot farovonligi ham şunçalik yuqori böladi. Şu bois, mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq öz ğalla mustaqilligiga erişiş maqsadida agrar sohaning uşbu yönalişida jiddiy islohotlar amalga oşirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarida, şu jumladan Amudaryo tumanida ham ğallaçilik klaster korxonalari, ğallaçilik tarmoğiga ega fermer xöjaliklari tomonidan ğalla yetiştiriş böyiça har yilgi şartnomaviy rejalar ortiği bilan bajarilib, ğallani qayta işlaş korxonalarining yil davomida xalqimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlaş imkoniyati oşib bormoqda.
Amudaryo tumanida buğdoy yetiştiriş böyiça öziga xos tajriba maktabiga ega ğallakorlar köp. Birgina Dörman ovuli hududidagi 20 ta fermer xöjaligida ğallaçilik tarmoği mavjud. Mazkur hududdagi fermer xöjaliklarining 366 gektar buğdoyzorlarida ham joriy dehqonçilik yilida möl hosil yetiştirildi. Hudud fermer xöjaliklarining umumiy ğalla xirmoni 914 tonnadan oşib ketdi. Hosildorlik esa kutilganidan ham ziyoda böldi. Yaʼni, gektariga 70 tsentnerni taşkil etmoqda.
Hududda ilğor ğallakorlar talaygina. Xususan, Töraboy Pirnazarov rahbarligidagi fermer xöjaligi hududdagi ğallakorlar orasida hamişa peşqadam. 2021-2022-yil hosili uçun mazkur fermer xöjaligida 20 gektar yerga buğdoyning tumanimiz iqlimi şaroitiga mos navlaridan ekildi. Buğdoyzorlarda kuzgi-qişgi agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oşirilib, gektarlarda möl ğalla hosili yetiştirildi. Xöjalik ğallakorlari hosildorlikni 70 tsentnerga, umumiy qirmizi don xirmonini esa 140 tonnaga yetkazişdi. Ayni paytda fermer xöjaligi dalalarida ğalla örim-yiğimi qizğin davom etmoqda. Buğdoy örim-yiğimi va yançiş işlarida kombaynçi Xurşid Otajonovning hissasi katta bölmoqda.
Amudaryo tumanidagi “Bekman Allaberganov” nomli fermer xöjaligi ğallakorlari ham joriy yilgi qirmizi don xirmonini şartnomaviy rejadagi 85 tonna örniga 86 tonnaga, hosildorlikni esa har gektar hisobiga 70 tsentnerga yetkazdilar.
Mazkur fermer xöjaligidagi mavjud 34 gektar ğallazorda ayni paytda hosil örim-yiğim işlari uyuşqoqlik bilan davom ettirilmoqda.
Mehnat qilganning rizqi ziyoda, nasibasi uluğ böladi, deydilar. “Bekman Allaberganov” fermer xöjaligi işçilari 34 gektar yerdagi buğdoyzorda barça mavsumiy yumuşlarni bekam-u köst ado etişib, avvalo, gektarlarda töliq nihol olişga erişdilar. Öz vaqtida amalga oşirilgan kuzgi-qişgi va bahorgi agrotexnik tadbirlar natijasida dalalarda möl hosil töplandi.
Buğdoyzorlarda oziqlantiriş, begona ötlardan tozalaş, dalalarni örim-yiğim mavsumiga tayyorlaş işlarida uç nafar ijaraçi-dehqonlar samarali faoliyat olib bordilar. Qilingan halol va fidoyi mehnatning samarasi bugun xöjalikning yuksak ğalla xirmonida namoyon.
Yetiştirilgan ğalla hosilidan 300 million sömlik daromad olişni möljallayotgan fermer xöjaligi ğallakorlari uçun şundan naqd 100 million sömi sof daromaddir.
Qolaversa, şartnomaviy rejadan taşqari yetiştirilgan hosilning fermer xöjaligi tasarrufida qolişi xöjalik işçilarining moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy farovonligini yanada oşiriş imkonini beradi.
Ayni kunlarda amudaryolik ğallakorlar yetiştirilgan qirmizi don mahsulotini nest-nobut qilmay, davlat omborlariga topşiriş, hosilning sönggi misqoligaça yiğiştirib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan olib borişmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶