FUQAROLAR TAŞABBUSLI BYuDJET JARAYoNINING FAOL IŞTIROKÇISIGA AYLANMOQDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Oçiq byudjet” axborot portali orqali jamoatçilik fikri asosida şakllangan tadbirlarni moliyalaştirişni yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qiliş orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarning yeçimini topiş va jamoatçilikni byudjet jarayonining iştirokçisiga aylantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumanida ham ötkazilayotgan taşabbusli byudjetlaştiriş jarayonida fuqarolar öz murojaatlari bilan faol iştirok etişib, özlari yaşab turgan hududlardagi örinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş, davlat byudjeti mablağlarining maqsadli sarflanişini taʼminlaşga, şu bilan birga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş loyihalarini işlab çiqiş jarayoniga öz hissalarini qöşişmoqda.
Xususan, taşabbusli byudjet jarayonining joriy yildagi birinçi bosqiçida jamoatçilik fikri va takliflari asosida hududiy va içki komissiyalar tomonidan örganişlar olib borildi. Örganişlar jarayonida eng dolzarb va yeçimini kutayotgan muammoli murojaatlar saralab olindi hamda eng köp ovoz töplagan murojaat va takliflar ğolib deb topilib, moliyalaştiriladigan böldi.
Unga köra, har bir ğolib, deb topilgan taklif va murojaat uçun tuman ğaznaçilik bölimida alohida hisobraqam oçilib, mazkur hisobraqamlarga mablağ ötkaziş boşlandi va pudratçi taşkilotlarni aniqlaş, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaşga kirişildi.
Taşabbusli byudjet jarayonining joriy yilgi birinçi bosqiçi yakunlariga köra, Tölqin ovuli hududidagi 33-sonli maktabga öquvçilarning xavfsiz borib, kelişini taʼminlaş maqsadida piyodalar yölakçasini quriş böyiça bildirilgan taklif ğolib, deb topilib, mazkur taklifni moliyalaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi va Amudaryo tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi piyodalar yölakçasini quriş böyiça buyurtmaçi taşkilot qilib belgilandi.
Şuningdek, Amudaryo tumanining Tor yop mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötuvçi Xöja ovul – Qiliçboy içki yölining 4 kilometr qismini joriy taʼmirlaş töğrisidagi fuqarolar taklifi ham ğolib, deb topilib, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan uşbu yölda taʼmirlaş-tiklaş işlarini amalga oşiriş tez orada boşlaniş arafasida.
Bundan taşqari, taşabbusli byudjet jarayoninig birinçi bosqiçiga Amudaryo tumani Toryop mahallasi hududidagi Dehqonbirlik köçasining 1 kilometr qismini tuproq bilan kötariş va toş yotqizib, taʼmirlaş böyiça taklif ham ğolib, deb topilib, mazkur taʼmirlaş işlari uçun zarur böladigan mablağlar hisob-kitob qilindi va byurtmaçi taşkilot sifatida sifatida tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi belgilandi.
Fuqarolarning yana bir muhim taklifi – Tölqin ovuli hududidagi 28-sonli maktab binosining isitiş tizimlarini elektr energiyasi orqali isitiş tizimiga ötkaziş töğrisida bölib, mazkur taklif ham ğolib böldi. Haqiqatdan ham örganişlar jarayonida maʼlum böldiki, ikki qavatli bölgan maktab binosi kömir bilan isitilgani uçun binoning ikkinçi qavatida qiş mavsumida möʼtadil iqlimni saqlab turişning imkoni yöq. Şu bois, isitiş tizimini elektr energiyasiga moslaştiriş dolzarb masala. Mazkur muammoli masalani hal etiş maqsadida zarur mablağlar ajratiş masalasi körib çiqilib, Amudaryo tuman xalq taʼlimi bölimi byurtmaçi taşkilot sifatida belgilandi.
Amudaryo tumanining Arna böyi mahallasidagi 27-sonli maktab binosini mukammal taʼmirlaş, maktab uçun 4,5 kilometr uzunlikdagi tabiiy gaz tarmoğini tortiş, maktabning tom qismi, eşik va derazalar hamda isitiş tizimini töliq almaştiriş yoki taʼmirlaş, şuningdek, Xizr eli mahalla fuqarolar yiğini hududidagi 47-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti binosini joriy taʼmirlaş böyiça takliflar ham taşabbusli byudjet jarayonining birinçi bosqiçi ğoliblari, deb topildi.
Mazkur umumtaʼlim maktabi va maktabgaça taʼlim taşkiloti binolarida quriliş-taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş uçun zarur böladigan mablağlar, loyiha-smeta hujjatlari şakllantirilib, buyurtmaçi taşkilotlar – Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimi hamda tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan saʼy-harakatlar boşlanmoqda.
Şunisi eʼtiborliki, fuqarolar taşabbusli byudjet jarayonida faol iştirok etiş oqrali özlari yaşab turgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, infratuzilmani yanada yaxşilaşga munosib hissalarini qöşmoqdalar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶