“Qaldirğoç” yozgi bolalar oromgohida “Yoz−ötmoqda soz” deb nomlangan tadbir ötkazildi
Yurtimizda bolalarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli ötkazişlari uçun barça şaroitlar yaratilmoqda. Jumladan, Amudaryo tumanining Dörman ovuli hududida yangidan taşkil etilgan “Qaldirğoç” yozgi bolalar oromgohida ham bolalarning yozgi taʼtilni mazmunli va maroqli ötkazişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Yaqinda uşbu oromgohda “Yoz− ötmoqda soz” deb nomlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi qoşidagi “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi raisi örinbosari Bekmon ota Allaberganov, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xöjamurotova, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Maxsud Saʼlullayevlar şuningdek, 40-sonli maktab maʼmuriyati öqituvçilari, maktabning 5-sinf öquvçilari iştirok qildilar.
Dastlab, Sanobar Xöjamurotova barça bolajonlarni oromgohning oçilişi bilan samimiy qutladi. Şundan söng, dam oluvçilarga 40-sonli maktab öquvçilarining erişgan yutuqlari, öquvçilar uçun yaratilgan qulayliklar, jamoaning mahoratli murabbiylari haqida iftixor bilan sözladi. Şuningdek, özining bolalik davridagi qiyinçiliklari va bugungi kunda bolalarga yaratilayotgan şart-şaroitlar va imkoniyatlar haqida tölqinlanib gapirdi.
Tadbir davomida 40-sonli maktabning 5-sinf öquvçilari Qunduzoy Qöşnazarova, Jahongir Örozimbetov, Asadbek Karimboyevlar sportning karate yönalişi böyiça erişgan yutuqlari haqida öz tengdoşlariga gapirib, sport çiqişlari orqali öz mahoratlarini namoyiş qildilar.
5-g sinf öquvçisi Xayrullo Örozboyev texnologiya darsida özi yasagan avtomobilni, 5-b sinf öquvçisi Nuriddin Jumaboyev esa özi yasagan ekskavatorni namoyiş qildilar. Şuningdek, tadbir davomida öquvçilar tomonidan tayyorlangan gözal raqslar dam oluvçilarda özgaça tassurot qoldirdi.
Qolaversa, maktabning rus tili fani öqituvçisi Şöhijahon Nurimbetova tomonidan tayyorlangan topşiriqli öyinni bolajonlar maroq va katta qiziqiş bilan bajardilar. Oromgohda dam oluvçilar öz tengdoşlari tayyorlab kelgan barça çiqişlarni olqişlar bilan kutib olişdi.
Tadbirning badiiy qismi yakunlangaç, 32-Qiliçboy saylov okrugidan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurotova tadbirda iştirok etayotgan mahalla ahliga öz faoliyati, ijtimoiy hayotda röy berayotgan özgarişlar, qabul qilinayotgan qonunlar mohiyati töğrisida batafsil maʼlumot berdi.
Şuningdek, 84-sonli maktabning yakka tartibda öqitilayotgan imkoniyati çeklangan öquvçilarini hamda “Kitobxon oila” körik-tanlovining tuman va Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan Örinboyevlar oilasini qimmatbaho sovğalar bilan taqdirladi.
Uşbu yoş oilaga Respublika bosqiçida ham muvaffaqiyatli qatnaşib, ğoliblar safidan joy olişlariga tilakdoşlik bildirdi.
Tadbir yakunida oromgoh kutubxonasiga özbek va jahon adabiyotining durdona asarlari sovğa qilinib, dam oluvçilarga muzqaymoqlar ulaşildi.
Sanobar Xöjamurotova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶