Fermerlarga ğalla yetiştiriş va sotişda bozor tamoyillari joriy etilganining afzalliklari tuşuntirilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, 2022-yil 11-may kuni ğallaçilik sohasidagi islohotlarning muhim bosqiçiga bağişlab ötkazgan yiğilişida, hosildorlikni yuqori darajaga olib çiqiş va şu orqali bozorda sotiladigan don hajmini köpaytiriş hamda narx-navo barqarorligini taʼminlaşning yagona töğri yöli bozor narxlariga ötiş ekanligini taʼkidlab ötgan edilar.
Yuqorida körsatilgan salbiy holatlarining oldini oliş va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qöllab-quvvatlaş hamda respublikada don yetiştiriş hajmlarini sezilarli darajada oşiriş maqsadida joriy yilning 28-may kuni fermer xöjaliklari va ğallaçilik klasterlarining moddiy manfaatdorligini oşiriş hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ğallani yetiştiriş va sotişda bozor tamoyilini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Uşbu qarorning mazmun-mohiyatini fermerlarga tuşuntiriş va tarğib qiliş maqsadida 3-iyun kuni tuman hokimligining majlislar zalida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğiliş Qoraqalpoğiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi boşliği Ajiniyoz Siytaxov boşçiligida ötkazildi.
Yiğilişda qayd etilganidek, qaror qabul qilinişidan asosiy maqsad, birinçi navbatda ğalla yetiştiruvçilarning, şu jumladan, fermer xöjaliklarining moddiy manfaatdorligini oşiriş va şu asosda ğalla hosildorligi va yalpi hosil yetiştiriş hajmlarini keskin oşirişga zamin yaratişdir.
Bu öz navbatida içki bozorni buğdoy va un mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlaşga zamin yaratadi hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oşiradi.
Şuningdek, Olis, boriş qiyin bölgan va toğli hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça transport xarajatlarining 50 foizigaça qismi qoplab beriladi. Qarorga köra, donni qabul qiliş va omborlardan çiqariş jarayoni tezkor va şaffof amalga oşirilişini taʼminlaş maqsadida d-xarid.uz axborot tizimi işga tuşiriladi.
Yiğilişda sözga çiqqanlar ğallaçilikda bozor mexanizmlarini joriy etişdan közlangan asosiy maqsad buğdoy uçun narxlarning barqarorligini taʼminlaşdan iborat ekanligi, bunga esa fermer va klasterlar ğallasini birja savdolariga olib çiqiş orqali ularning şaxsiy manfaatdorligini oşiriş va ular yetiştirayotgan ğalla hosildorligini kötariş orqali erişiş mumkinligi taʼkidladilar.
Yiğiliş davomida fermerlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib tegişliça javoblar oldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶