21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 21:34
Salomatlik 👁 521

SEMINARDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGINING OLDINI OLISh ChORALARI TUShUNTIRILDI

SEMINARDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGINING OLDINI OLISh ChORALARI TUShUNTIRILDI

Virusli gepatit A, yaʼni aholi oʻrtasida sariq kasalligi deb ataluvchi kasallik odamda viruslar chaqiradigan, fekal-oral yuqish mexanizmiga ega boʻlgan yuqumli kasallik hisoblanadi. Shu bois, Respublikamizda aholi va bolalar oʻrtasida virusli gepatit A hamda boshqa yuqumli va parazitar kasalliklarni kamaytirishga qaratilgan choralarni kuchaytirish va sifatini oshirish boʻyicha 2022-2023-yillar uchun qoʻshimcha tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu dasturda koʻrsatilgan chora-tadbirlar, belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.

82-sonli maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi shifokor-epidemiologi Nina Nizamatdinova hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudiri Gulshod Tajiboyevalar qatnashishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi shifokor-epidemiologi Nina Nizamatdinova mazkur seminar maqsadi bu kasallikning tuman hududida tarqalishining oldini olish, kasallik profilaktikasi boʻyicha tushunchalar berishga qaratilganligini aytib oʻtdi.

Seminar davomida yuqumli kasalliklardan boʻlgan virusli gepatit A kasalligi viruslar keltirib chiqaradigan, oʻzgargan oziq-ovqat, qaynatilmagan suv orqali, zarur sanitariya sharoitlari rioya qilinmagan, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilinmagan va shu kasallikka chalingan bemor bilan yaqin aloqada boʻlgan holatda yuqishi tushuntirilib, yengil, oʻrta va ogʻir turlariga izoh berildi va keng turda misollar keltirildi.

Taʼkidlanganidek, virusli gepatit A kasalligi koʻpincha 14 yoshgacha, asosan 3-7 yosh bolalar oʻrtasida keng tarqalib, odatda kasallikning oʻrta yashirin davri 14-35 kunni tashkil etadi. Kasallik belgilari bemorda tana issiqligining koʻtarilishi, holsizlanishi, tez charchashi, ishtahaning yoʻqligi, qayt qilishi, ich ketishi, ayrim vaqtlarda qattalashi, qorinda, yaʼni oʻng qovurgʻa ostida yoqimsiz his yoki ogʻriq paydo boʻlishi, siydik rangi toʻq sariq tusga kirishi, koʻzlarning oqi, teri va tirnoqlar sargʻayishi kabilarda koʻrinadi. Ammo asosan 6 yoshgaga bolalarda bu belgilar koʻrinmasligi mumkin. Shu sababli aniq diagnoz laboratoriya yoʻli bilan qondagi antitelalarni aniqlash natijasida qoʻyiladi. Kasallikning maxsus davosi yoʻqligi sababli davolash jarayonida bemorga qulay sharaoit yaratish, tanadagi yoʻqotgan suyuqlikning oʻrnini toʻldirish hamda diyeta saqlashga yoʻnaltiriladi.

Seminarda kasallikning oldini olish maqsadida qoʻllanilib kelinayotgan vaktsinatsiya choralari xususida ham keng toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, davlat tomonidan bolalar 12-13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina bilan bepul taʼminlanishi, lekin, virusli gepatit A vaktsinasi bilan emlash uchun hozirda imkoniyatlar cheklanganligi haqida maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar virusli gepatit A profilaktikasi, mazkur kasallikning oldini olishda vaktsinatsiyaning ahamiyatini keng tushuntirib oʻtdilar.

Seminar yakunida umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari kasallikning oldini olish, vaktsinatsiya xususida oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar olishdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026