«ONA TABIAT BAĞRIDA BIR KUN» MAVZUSIDA AMUDARYoLIK YoŞLAR UÇUN QUYI AMUDARYo DAVLAT BIOSFERA REZERVATIGA SAYoHAT UYuŞTIRILDI
Atrofimizni örab turgan jonli tabiat betakror gözalligi, turfa neʼmatlari bilan hayotimizga fayz bağişlab turadi. Inson hayoti uçun eng zaruriy manba – bitmas-tuganmas kislorod fabrikasi, közlarimizga quvonç bağişlovçi fauna va florasi naqadar bebaho ekanligini anglaş, bu gözallikni boyitişga hissa qöşiş – nafaqat özimiz, balki insoniyat uçun azaliy qadriyatdir. Çunki ona tabiatsiz biz heç kim emasmiz va özimiz jonajon tabiat mahsulimiz.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasining Amudaryo tuman bölimi tomonidan yoşlarning ekologik madaniyatini şakllantiriş, ekologik bilimini va ekologiyaga bölgan munosabatini, mehr-muhabbatini kuçaytiriş munosabatini, mehr-muhabbatini kuçaytiriş maqsadida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatiga tez-tez sayohatlar taşkil etilib, atrof-muhit muhofazasiga bağişlangan tarğibot-taşviqot tadbirlari amalga oşirilib kelinmoqda.
Maʼlumki, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2021-yil 16-sentyabrda YuNESKOning “Inson va biosfera” dasturi doirasida butunjahon qöriqxonalari tarmoğiga kiritildi. Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Amudaryo quyi oqimining şimoliy qismida, Orol dengizining sobiq sohili janubiy-şarqida joylaşgan bölib, bu Markaziy Osiyodagi eng yirik tabiiy töqaylardan biri hisoblanadi. U global nuqtai nazardan yöq bölib ketiş xavfi ostida turgan noyob ekotizmdir.
Bu hudud ösimliklar va hayvonlarning muhim yaşaş joyi bölib, Örta Osiyoning çöl mintaqalarida eng yuqori biologik xilma-xilligi bilan ajralib turadigan va şuningdek, yöqolib ketiş xavfi ostida turgan Buxoro kiyiklarining qöriqlanadigan tabiiy yaşaş joyidir. Qoraqalpoğiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasining Amudaryo tuman bölimi tomonidan yaqinda amudaryolik yoşlar uçun uyuştirilgan “Ona tabiat bağrida bir kun” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy va ekologik tarğibot-taşviqot tadbirida bu haqda yoşlarga mutaxassislar tomonidan zarur tuşunça va maʼlumotlar berildi.
Yoşlar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylaşgani, Markaziy Osiyo örmonlarining 20 foizi, Özbekiston örmonlarining 74 foizi uşbu hududga töğri kelişi haqidagi qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.
Umumiy yer maydoni 69 ming gektarni taşkil etuvçi mazkur biosfera rezervatidagi mavjud 419 turdagi ösimliklarning 2 turi, 36 turdagi hayvonlarning 1 tasi, 43 xil baliq turining 12 tasi, 246 quşlar turidan 23 ta si Qizil Kitobga kiritilgani haqidagi maʼlumotlar sayohat iştirokçilari bölgan yoşlar qalbida atrof-muhit, ayniqsa, jonli tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda böliş tuyğusini uyğotdi.
Ayniqsa, yoşlar Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi, oliy taʼlim muassasalari professor öqituvçilari, talabalari bilan hamkorlikda Buxoro buğularining populyatsiyasi, biosfera rezervati entemofaunasi, hududdagi ösimliklarning monitoringi, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot işlariga katta qiziqiş bildirdilar.
Yoşlar jonli tabiat möʼjizalari bilan oşno bölib, Buxoro buğulari va turfa quşlar, ösimliklar olami bilan yaqindan tanişdilar. “Ona tabiat bağrida bir kun” mavzusida, amudaryolik yoşlar iştirokida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy va ekologik tarğibot-taşviqot sayohat tadbiri yoşlarning ekologiya va atrof-muhit böyiça bilim va könikmalarini oşirişlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶