IQTIDORLI ÖQUVÇILARNI RAĞBATLANTIRIŞ – TAʼLIM SAMARASINI OŞIRADI
Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi islohotlar, fan olimpiadalari, turli musobaqalar, öquv yurtlarida taşkil etilayotgan körik-tanlovlar yoşlarimizning öz isteʼdodlarini namoyon etişlariga xizmat qilmoqda. Uşbu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoş avlod yutuqlarga erişib, dunyoga tanilmoqda va yurt kelajagiga, taraqqiyotiga daxldorligini anglagan holda şunga munosib, komil insonlar bölib ulğayişga harakat qilişmoqda.
Men köp yillardan 38-sonli maktabda ingliz tili fanidan dars berib kelmoqdaman. Öquvçilarimizning til örganişga bölgan qiziqişlari yildan-yilga ortib bormoqda. Çunki bugungi kun yoşlari til bilsa dunyoni tanişini anglab yetişmoqda.

Öquvçilarning qiziqişlariga qarab, maktabimizda tögaraklar taşkil qilganmiz, darslarni ham yangi pedagogik texnologiyalar va uslublardan foydalangan holda ötkazmoqamiz. Men taʼlimda samaradorlikka erişiş, öquvçi-yoşlarning qiziqişlarini yanada oşiriş maqsadida doim ularni faxriy yorliqlar va taşakkurnomalar bilan rağbatlantirib boraman.
Mazkur öquv yili tugaşi arafasida ham özim rahbarlik qilayotgan 7-“B” sinf öquvçilarining yil davomidagi baholari, reyting natijalari asosida 1-,2-,3-örinlarni aniqladim. Yil yakuni körsatkiçlariga köra, eng aʼloçi va namunali öquvçilardan Rayhonoy Qurbonboyeva 1-örin, Sarvinoz Fayzullayeva, Nursaule Nurekeşova, Kamron Rustamboyev va Dinora Tursunboyevalar 2-örin, Dinora Fayzullayeva va Maşhura Tursunboyeva 3-örin deb topildilar.


Şu munosabat bilan ötkazilgan taqdirlaş marosimida maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Nazokat Yusupova iştirok etdi va öquvçilarni tabriklab, kelgusi yildagi öqişlariga muvaffaqiyat tiladi. Yilni muvaffaqiyatli, aʼlo baholarga yakunlab, jamoat işlarida faol qatnaşgan uşbu öquvçilarga va ularning ota-onalariga taşakkurnomalar, sovğalar topşirdi.
Nodira Qurbonboyeva,
38-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶