21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:29
Maqolalar 👁 319

IJODKORNING KOʻNGIL MULKIDAN ChIQQAN YaNA BIRTUHFASI

IJODKORNING KOʻNGIL MULKIDAN ChIQQAN YaNA BIRTUHFASI

Ijod – bu alohida olam. Har bir ijodkor oʻziga xos olam yaratadi. Unga oʻzgalarni olib kirib, tanishtirish va maftun etish uchun esa juda katta mahorat bilan birga chuqur bilim, iqtidor kerak.

Koʻp yillar taʼlim sohasida fidoyilik bilan mehnat qilgan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan faxriy oʻqituvchi Tursunboy Abdullayev ham oʻz uslubiga, muxlislariga ega boʻlgan sermahsul ijodkordir.

U avvalo oʻzi tugʻilib-oʻsgan Amudaryo xalqi, mahalliy aholi tili bilan aytganda kelin salomlar yaratuvchisi, soʻz sanʼatkori. Oʻtgan yillar davomida elning quvonchli kunlarida, toʻylarida oʻzi ijod qilgan kelin salomlari bilan nafaqat tumanda, balki, qoʻshni tumanlar, Xorazm viloyati, hatto Turkmaniston davlatida ham mehr qozondi. Shuningdek, har xil mavzudagi sheʼr va muxammaslar, dolzarb muammolar va gʻoyalarni oʻzida mujassamlagan hikoya, hangomalari bilan tuman gazetasida ishtirok etib, oʻz muxlislarini topishga erishdi. Ijodkor muallifligidagi “1001 salom va yangi salomlar” deb nomlangan kitobida oʻzi yaratgan nasihatomuz, samimiy kelin salomlarini mujassamlagan. Tumandagi “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarida yorugʻlikka yuz tutgan hikoya va hangomalari ham nihoyatda xalqchil.

Men soʻz yuritmoqchi boʻlayotgan ijodkorning yangi asari, yaqinda kitob holida chop etilgan “Itmisan, boʻrimisan, Lobo?!” nomli qissasi ham keng qamrovliligi, samimiyligi va hatto tarbiyaviy ahamiyati bilan muxlislar qalbidan chuqur joy egallashiga, kitob javonidagi eng sevimli kitobiga aylanishiga ishonchim komil. Qissada tabiat, jonivorlar va odam munosabatlari misolida insoniylik, mehr-oqibat, qadimiy va milliy urf-odat, anʼanalar, shu bilan birga hayotda duch kelinadigan salbiy illatlar, ularning oqibatlari ham aks ettirilgan.

Asarda asosiy qahramon Botir obrazi va uning bolalikdan doʻsti boʻlgan Lobo laqabli it kechinmalari hayotiy ifodalar bilan berilgan. Unga qoʻshni Turkmanistonda yashaydigan togʻasining kichkina kuchukcha, turli kitoblar keltirib berishi, kichkinaligidan tabiatga va jonivorlarga mehr qoʻyishga, hayotni kitoblardan oʻrganishga daʼvat etishi, otasi Bahrom aka va onasi Oysara opalarning insoniylikni, mehr-oqibatni qadrlashga undashi har qanday yoshdagi oʻquvchining eʼtiborini oʻziga jalb eta oladi.

T.Abdullayevning ushbu ijod mahsuli bilan tanishib chiqqan muxlislardan Tozaboy Matchonov samimiy fikrlar bildirib, asarning tarbiyaviy ahamiyati kattaligini, yoʻqolib borayotgan urf-odatlar qahramonlarning xatti-harakati orqali koʻrsatib berishga harakat qilingani, Nuraddin doyi obrazi orqali kitobxonlikning ahamiyati, shu bilan birga giyohvandlikdek illatning inson hayotiga salbiy taʼsiri dalillar bilan koʻrsatib berilgani haqida soʻz yuritgan. Qissa haqida oʻz taassurotlarini aytar ekan, har bir qahramonga munosabat bildirgan: “Komil moliya obrazi mard, soʻzida turadigan inson ekan. Uning oʻgʻlim haqi vaʼda beraman, deganda Bahrom akaning farzand Alloh tomonidan berilgan neʼmat ekanligini taʼkidlab oʻtishi juda ahamiyatli suhbatlardir. Asardagi Gʻaybu qishlogʻidagi toʻyda Loboning Qora Qoplon bilan urishishi, uning Botirning ovozini eshitishi va yutqazib qoʻyishi kabilar va boshqa voqealar juda qiziqarli tasvirlangan. Ayniqsa, orada ancha vaqt oʻtgandan keyin Qora Qoplonni baribir yengishi va Botir bilan uchrashuv lahzasi koʻzimga yosh keltirdi.”

Darhaqiqat, qissani oʻqish davomida voqealar bir-biriga bogʻlanib, rivojlanib borayotganini anglaysiz va shu barobarida har bir syujetni eʼtiborsiz qodirmasdan uqib olishga urinasiz. Qishloq manzaralari, toʻy-hasham va bayramlar, asar qahramonlarining mehmondorchiliklari shunchalik mahorat bilan tasvirlanganki, har biri koʻz oʻngingizda gavdalanib, bor boʻyi bilan namoyon boʻladi. Insoniyat paydo boʻlganidan beri yonma-yon yashab kelayotgan jonivorlardan biri boʻlgan itning kechinmalari, odamzot bilan munosabati bayon etilgan epizodlarni oʻqib, muallifning ushbu ijod mahsulini yaratish uchun qanchalik koʻp ter toʻkkani, izlanib-oʻrganganini yaqqol anglash mumkin. Bu, albatta, oz mehnat evaziga bunyod boʻlmaydi.

T.Abdullayevning ijod namunalarining birinchi oʻquvchilaridan boʻlgan farzandi Gulasal Abdullayeva ham qissa haqidagi taassurotlari bilan boʻlishar ekan, bu asar ijodkorning koʻngil mulkidan chiqqan, koʻpdan kutilgan navbatdagi tuhfasi boʻlganligini eʼtirof etadi: ”Har bir satri otam uchun farzandidek aziz boʻlgan salomlari kabi bu qissa ham kitob holida chop etilgani muxlislar uchun katta sovgʻa boʻldi, desam aslo adashmayman. Otamning insonlarga munosabati boʻlakcha, yaʼni kattami, kichikmi, ayolmi, bolami har birining koʻngliga yoʻl topa oladilar. Jonivorlarni ham yaxshi koʻrishini bilardim-u, lekin bunchalik koʻp sirlashishlarini hech sezmagan ekanman. «Itmisan, boʻrimisan Lobo?!» deb kitob muqovasini oʻqidim-u, tezda borib qoʻlimga olsam, oʻqisam deb taraddudlana boshladim. Kitobni varaqlar ekanman, qahramonlar barchasi oddiy xalq vakillari ekanligi diqqatimni tortdi. Insoniyatni qiynayotgan giyohvandlik balosi, katta daromadlar tikilgan qimorbozlik kabi salbiy illatlar izidan adashganlar, odamlarning yaxshi kunlaridan ham yomon niyatda foyda koʻradigan kushandalar taqdiri, hatto jonivorlardan ham oʻz nafsi yoʻlida turlicha foydalanadigan shaxslar haqidagi hayotiy asoslangan hikoyalar tizgini oʻquvchini oʻziga tortadi.”

U muxlis sifatida asar bilan tanishib, ilmli, aqlli va oʻz kasbining ustasi boʻlgan Nuraddin doyi obrazi orqali hayot sinovlari hech kimni oʻz domiga tortmasdan qoʻymasligi, salgina irodasizlik va loqaydlik tufayli bor-yoʻgʻidan ayrilish hech gap emasligi, hayotiy hikoyalar ketma-ketligi kishini yana oʻqishda davom etishga chorlashini mamnuniyat bilan ifoda etadi. Shuningdek, hayvonlarda sodir boʻladigan kechinmalarni tasvirlash uchun yozuvchi koʻp kitob oʻqigan va hayoti davomida ularni parvarishlab, ular bilan tillashgan yoki shu soha bilimdoni boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.

Darhaqiqat, har ikkala muxlis eʼtirof etganidek, muallif oʻz asarida Botir obrazi orqali insonlarning tabiatga eʼtiborini qaratishga, jonivorlarga mehr hissini uygʻotishga harakat qilgan. Hayotiy voqealarni tushunarli va sodda tilda samimiy bayon qilib, koʻngillarga toʻgʻri kirib borishini istagan va bunga tom maʼnoda erishgan. Albatta, qissada tasvirlangan qiziqarli voqea-hodisalar, uchraydigan joy nomlari, milliy urf-odatlar, toʻy-tomoshalarda boʻlib oʻtgan qiziqarli bellashuvlarni bir-biriga bogʻlash ijodkordan katta mahorat va sinchkovlik talab etadi. Bu bilan u kitobxonlarning qiziqishini oshirib, eʼtiborini tortishning uddasidan chiqqan.

Elimizda taniqli boʻlgan ijodkor, faxriy ustoz T.Abdullayevning qalamiga mansub boʻlgan ushbu «Itmisan, boʻrimisan Lobo?!» qissasini Siz kitobxonlarga, albatta, oʻqib chiqishni tavsiya qilish bilan birga, muallifga ijodiy barkamollik tilab, yangi-yangi asarlar kutib qolamiz.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026