21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:56
Qishloq xoʻjaligi 👁 396

YILIMIZNING DASTLABKI HOSILI – PILLA XIRMONI BOʻY TIKLAMOQDA

YILIMIZNING DASTLABKI HOSILI – PILLA XIRMONI BOʻY TIKLAMOQDA

Amudaryo tumani nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki mamlakatimiz miqyosidagi paxta va pilla yetishtirish boʻyicha yirik tumanlardan biri hisoblanadi. Tumanda har yili qariyb davlatga 230 tonnadan ziyod yuqori sifatli sanoat xom ashyosi – pilla hosili yetkazib beriladi.

Joriy 2022 qishloq xoʻjalik yilining dastlabki hosili – pilla xom ashyosini yetishtirish maqsadida pillachilik tarmogʻiga ega fermer xoʻjaliklarida mavsum yumushlariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, pillakorlar oʻz ixtiyorlaridagi tut plantatsiyalarida bahorgi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirdilar. Avvaldan mavjud boʻlgan, kuzgi va bahorgi koʻchat ekish mavsumlarida yangidan bunyod etilgan tutzorlarni oziqlantirish, qurigan shoxlarini butash va kallaklash ishlari bajarilib, ularning hosildorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ipak qurti boqish mavsumiga puxta hozirlik koʻrilib, qurtxonalarda taʼmirlash, ohaklash kabi mavsumoldi tadbirlari olib borildi.

“Jayxun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ipak qurti boqish mavsumiga 4163 quti ipak qurti urugʻi zooveterinariya qoidalari asosida jonlantirilib, pillachilik tarmogʻiga ega fermer xoʻjaliklarining ijarachi pillakorlariga shartnoma asosida tarqatib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyul kungi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori ijrosini taʼminlash maqsadida pillakorlarga yetishtirilgan hoʻl pilla hosilining har bir kilogrammi uchun oʻrtacha 24 ming 700 soʻmdan pul berilishi belgilangan. Bundan tashqari, hukumat Qaroriga koʻra, yetishtirilgan hoʻl pilla hosilining har bir kilogrammi uchun 5000 soʻmdan subsidiya ajratilishi orqali 2022-yilgi pilla hosilining har bir kilogrammi uchun belgilangan narx 29 ming 700 soʻmni tashkil etishi koʻrsatilgan. Bu esa pillakorlarimizning moddiy manfaatdorligini oshirish imkonini beradi.

Ayni kunlarda amudaryolik pillakorlar yilimizning dastlabki hosilini pilla qabul qilish maskanlariga topshirmoqdalar.

“Jayxun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli pilla qabul qilish maskanida dastlabki pilla karvonini qabul qilishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda “Oʻzbekipaksanoat” Uyushmasi raisi oʻrinbosari Hamidjon Ochilov ishtirok etib, amudaryolik pillakorlarni pilla topshirish mavsumining boshlanishi bilan qizgʻin tabrikladi.

Pillachilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari va ilgʻor ijarachi pillakorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda “Oʻzbekipaksanoat” Uyushmasi raisining oʻrinbosari Hamidjon Ochilov tumanda ipak qurti parvarishlash mavsumini muvaffaqiyatli tashkil etgan pillachilik agronomlari va ilgʻor pillakorlarga minnatdorchilik bildirib, ularga Uyushma tomonidan sovgʻalar topshirdi.

Xususan, pillakorlar Rohatoy Qurbonova, Manzura Yerdosheva, shuningdek, yigʻilishda ishtirok etgan Xoʻjayli “Agropilla” korxonasi raisi Rohatoy Oʻrozimbetova, pillachilik agronomlari Sharifboy Allamberganov Usman Xoʻjametov va Mohimjon Sobirovalarni yilning dastlabki hosili – sifatli pilla xom ashyosi yetishtirish boʻyicha samarali faoliyat yuritganlari uchun chin dildan tabrikladi.

Shu kuni dastlabki hosil taroziga qoʻyilib, pillani qabul qilish boshlab yuborildi. Ilk kunning oʻzidayoq “Jayxun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli pilla qabul qilish maskanlari orqali 10 tonnadan ziyod yuqori sifatli pilla hosili qabul qilib olindi. Ayni paytda amudaryolik pillakorlar tomonidan pilla qabul qilish maskanlari orqali kuniga 11-12 tonnadan pilla hosili qabul qilib olinmoqda.

***

Amudaryo tumanining pilla xirmoni yuksalishida Toʻlqin ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklarining ijarachi pillakorlari hissasi katta boʻlmoqda. Mohir pillakorlar erishayotgan yutuqlar quvonarli.

Ipak qurti boqish mavsumida har yili 1-1,5 quti qurt urugʻini agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarishlab, zimmasidagi shartnomaviy rejasini hamisha oshirib ado etib kelayotgan Azimaxon Oʻrozboyeva joriy yil ipak qurti parvarishlash mavsumida 1 quti qurt urugʻini zooveterinariya qoidalari asosida parvarishlab, yuqori sifatli pilla hosili yetishtirishga muvaffaq boʻldi. U 19 gramm ipak qurti urugʻidan rejadagi 57 kilogramm oʻrniga 70 kilogramm hosil olib, zimmasidagi majburiyatini ham oshirib ado etdi.

Toʻlqinlik pillakorlar orasida Azimaxon opa kabi mohir pillakorlar koʻp. Mavsumda 1 quti ipak qurti urugʻidan rejadagi 57 kilogramm oʻrniga 84 kilogramm yuqori sifatli pilla hosili yetishtirib, shartnomaviy rejasini ham, majburiyatini ham oshirib ado etgan Matluba Saidametova toʻlqinlik pillakorlarga karvonboshilik qilmoqda.

Ovuldagi yana bir mohir pillakor Umida Qurbonboyeva ham 19 gramm ipak qurti urugʻini astoydil parvarishlab, joriy yil pilla topshirish mavsumini muvaffaqiyatli  yakunladi. U shartnomaviy rejadagi 57 kilogramm oʻrniga 72 kilogramm hosil olishga erishdi.

Amudaryo tumani pillakorlarining shijoatlari baland. Qabul maskanlarida yetishtirilgan moʻl pilla hosilini yigʻishtirib olish, sifati buzilmasidan pillani qabul qilish maskanlariga topshirish va pillani quritish, gʻumbagidan ajratish va saralash ishlari qizgʻin olib borilmoqda. 237 tonnalik Amudaryo “kumush tola” xirmonini yaratish borasidagi barcha tadbirlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026