FUQAROLAR YIĞINI RAISI SAYLOVIGA DOIR ÖQUV SEMINARI ÖTKAZILDI
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi Amudaryo tumanida ham joriy yilning may oyida ötkaziladigan fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkazişga doir işlar qizğin pallaga kirdi.
Mahalla instituti özini özi boşqariş organi sifatida maʼlum bir hududda ijtimoiy-siyosiy, madaniy, diniy va boşqa sohalarda mustaqil iş olib boruvçi ijtimoiy tuzilmadir. Tizimda ayniqsa, sönggi ikki-uç yil içida katta özgarişlar yuz berdi, raislarning xalq hayotiga şunçaki tomoşabin bölib, idorada ötirib işlab oylik oladigan vaqti ötdi. Endilikda ovul, mahalla, şaharçadagi muammolarni, xalq hayotidagi kamçiliklarni mahallaning özida hal etiş davri keldi.
Odamlarning oddiy murojaatlar uçun ham hokimlik va boşqa idoralarga qatnab ovora bölişiga çek qöyilmoqda. Buning uçun eliga fidoyi, işçan, öz xizmat lavozimida sidqidildan işlaşga şay insonlar özini özi boşqariş organlari raisligiga saylanmoği kerak.
Şu boisdan ham tumanimizda saylovga tayyorgarlik işlariga masʼuliyat bilan qaralib, elaro obrö-eʼtiborli, bilimli, odamlar hayotidagi muammolarni dadil kötarib çiqib, ijobiy hal qilişga harakat qiladigan taşabbuskor insonlar nomzodlari tanlab olinişiga alohida eʼtibor qaratildi.
Saylovni şaffof, adolatli tarzda ötkaziş böyiça turli tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda. Xususan, joriy yil 12-may kuni tumandagi fuqarolar yiğini raisi saylovini ötkazuvçi 49 ta işçi guruhlar uçun taşkil etilgan öquv seminar ham şu maqsadga qaratildi.
Öquv seminarda Özbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligining vakili Murod Nigmatov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri Sağindiq Turmanov, saylovni taşkil qiliş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tarkibi va tumanning 49 ta mahallalaridagi işçi guruhlari rahbarlari, ularning örinbosarlari va kotiblari, umumiy hisobda jami 166 nafar iştirokçi qatnaşişdi.
Maʼlumki, mahallalardagi işçi guruhlar saylovçilarga eng yaqin böğin hisoblanadi. Saylov paytida oşkoralikni taʼminlaş, eng munosib nomzodlarni qöllab-quvvatlaş uçun adolatli saylov muhitini yaratiş, işçi guruh aʼzolarining saylov qonunçiligi borasidagi huquqiy bilimlarini oşiriş, fidoyi insonlarning fuqarolar yiğini raisi etib saylanişiga sabab bölişi şubhasizdir.
Seminar iştirokçilariga Özbekiston Respublikasining “Fuqarolar yiğini raisi saylovi töğrisida”gi Qonuni bilan belgilangan Fuqarolar yiğinlari raislari saylovini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq normativ hujjatlar yana bir bor töliq taniştirildi.
Işçi guruhlarga saylovni ötkazişdagi eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar, qonunçilik böyiça tavsiyalar berildi hamda namunali saylov amaliyotda qanday ötkazilişi körsatildi.
Şuningdek fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari saylovini namunali taşkil etiş, saylovning demokratik asosda, şaffof tarzda ötkazilişini taʼminlaş borasida muhim maslahatlar berildi.
Fuqarolar yiğini raisligiga el dardi bilan yaşaydigan, mahallaning katta-yu kiçigi hurmat qiladigan, odamlar taşvişiga yelka tutişga qodir salohiyatli insonlar saylanişi fuqarolar tanloviga boğliq ekanligi taʼkidlandi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶