YoŞLAR ÖRTASIDA MINI FUTBOL BÖYIÇA DXX BOŞLIĞI KUBOGI MUSOBAQALARINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Maʼlumki, aprel oyida Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uçun sportning mini futbol va futbol turlari böyiça musobaqalarga start berilgan edi.
Mazkur musobaqalar Amudaryo tumanida ham yuksak saviyada taşkil etildi. Jumladan, 5-aprel kuni Çordara mahallasi hududida joylaşgan sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida Davlat xavfsizlik xizmati boşliği kubogi uçun musobaqalarning oçiliş marosimi ötkazildi. Oçiliş marosimida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev iştirok etdi va musobaqada qatnaşuvçi jamoalarga omad tiladi. Şuningdek, musobaqaning oçiliş marosimida Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölimi rahbari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, Sportni rivojlantiriş bölimi, Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tumani bölimi, Bolalar-ösmirlar sport maktabi va Amudaryo tuman Madaniyat bölimi masʼullari qatnaşdi.
Musobaqalar 7-aprel sanasida Yangiobod va Olmazor mahallalari hududidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonlarida davom etirildi. Unda tumanimizdagi 1-sektorga qaraşli mahallalar mini futbol jamoalari özaro bellaşdilar. Musobaqada jami 120 nafar sportçi yoşlar qamrab olinib, musobaqa yakunida Nazarxon ovulining yoş mini futbol jamoasi 1-örinni qölga kiritdi va keyingi bosqiçga yöllanma oldi.
Şu kuni Yangiobod mahallasi hududida joylaşgan matematika faniga ixsoslaşgan maxsus maktabning sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida 2-sektorga qaraşli mahallalar sportçilari jamoalari örtasidagi mini futbol musobaqalar ham qizğin bahslarga boy böldi. Mazkur musobaqada sektor hududida yaşovçi 170 nafar yoşlar qamrab olindi. Musobaqa yakunida Farovon mahallasi jamosi 1-örinni egalladi va keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.
Davlat Xavfsizlik xizmati boşliği kubogi musobaqalari 8-aprel kuni Döstlik mahallasi hududidagi mini futbol maydonida döstona va samimiy ruhda davom etdi. Unda 3-sektorga qaraşli mahalla jamoalari özaro kuç sinaşdilar. Musobaqada sektor hududida yaşovçi 120 nafar yoşlar qamrab olinib, yakunida Kuyuk köpir ovuli sportçilari jamoasi keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritişdi.
Musobaqalar 8-aprel kuni Yangiobod mahallasi hududida joylaşgan matematika faniga ixsoslaşgan maktabning sunʼiy qoplamali mini futbol maydonida davom ettirilib, unda 4-sektorga qaraşli mahallalar mini futbol jamoalari öz mahoratlarini namoyiş etişdi va musobaqada jami 80 nafar yoşlar qamrab olindi. Qizğin bahslarga boy ötgan musobaqa yakunida Böston mahallasi jamoasi 1-örinni egalladi va musobaqaning keyingi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Musobaqlarning tuman final uçraşuvlari 27-aprel kuni ötkazildi. Qizğin va murosasiz keçgan musobaqalar yakunlariga köra 1-örinni Böston mahallasi, 2-örinni Kuyuk köpir ovuli, 3-örinni Farovon mahallasi jamoalari egallaşdi.
Bölib ötgan musobaqalar yakunida Amudaryo tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, sportni rivojlantiriş bölimi boşliği Ğulomjon Qurbonboyev, Yoşlar işlari Agentligi Amudaryo tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov va boşqa masʼul taşkilotlar rahbarlari iştirok etib, sport turlarining ommaviyligini oşiriş va yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida belgilangan vazifalarga töxtalib ötdilar.
Musobaqalar yakunida ğolib jamoalar taşkilotçilar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovğalari bilan rağbatlantirildi.
Risolat IBRAGIMOVA, amunews.uz jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶