“IJODKOR VA INTILUVÇAN YoŞLAR” ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA TANIQLI ŞOIRLAR BILAN UÇRAŞDILAR
++ Joriy yilning 23-aprel sanasida Manğit şahridagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida estetik fanlar oyligiga bağişlangan “Ijodkor va intiluvçan yoşlar” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir bölib ötdi. Tadbirda mazkur maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, şoira Nazira Matyoqubova, maʼnaviyat fidoyilari şoir Tursunboy Abdullayev, şoir va yozuvçi Ahmad Nafasov, şoira Zulfiya Olloyorovalar hamda maktabning ijodkor öquvçi-yoşlari hamda öqituvçilar iştirok etişdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Bahrom Hikmatullayev oçdi va maktab öquvçilari tomonidan amaliy fanlar böyiça erişilayotgan yutuqlar, tögaraklar faoliyati, şuningdek, beş muhim taşabbus doirasida amalga oşirilayotgan işlar haqida qisqaça töxtalib ötdi.
Estetik fanlar oyligi munosabati bilan texnologiya, musiqa, tasviriy sanʼat çizmaçilik fanlarining ahamiyati va boşqa fanlar bilan uzviy boğliqligini aks ettiruvçi vositalar bilan bezatilgan maktab foyesi va tadbir uçun tanlangan xonada öquvçilar qöl mehnati bilan yasalgan ijodkorlik namunalarini özida mujassam etgan körgazma namoyiş etildi. Körgazmadan joy olgan maktabning ijodkor öquvçi-yoşlari tomonidan tayyorlangan tikuvçilik, töquvçilik, şuningdek robototexnika, rassomçilik, sanʼat va kitobxonlik böyiça ijodiy işlari namunalari tadbir iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir davomida maktabning “Çevar qöllar” tögaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan va öquvçi-qizlar ijodkorlik qobiliyatini yanada oşirişga qaratilgan turli millatlarning hamda özbek xalqining milliy liboslari, bolalar liboslari, töy va bazmlar, xalqimizning turli marosim liboslari namoyişi ham bölib ötdi. Milliyligimizni asraş, xalqimizning milliy-maʼnaviy merosidan faxrlaniş, yoşlarimizning qiziquvçanligini oşiriş, iqtidorlarini rivojlantirişga qaratilgan liboslar namoyişi nafaqat tadbir iştirokçilari, balki har bir öquvçi-yoşning qalbida xalqimiz maʼnaviyati, milliy-madaniy qadriyatlaridan faxrlaniş va hurmat tuyğusini uyğotdi.
Estetik fanlar oyligi doirasida ötkazilgan “Ijodkor va intiluvçan yoşlar” tadbirida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, taniqli şoira Nazira Matyoqubova, Xonimjon Rajabova, Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Zulfiya Olloyorovalar ham sözga çiqişib, maktabning intiluvçan, ijodkor öquvçi-yoşlari tomonidan beş muhim taşabbus doirasida amalga oşirilayotgan işlarga yuqori baho berdilar. Ayniqsa, öquvçilar tomonidan tayyorlangan tikuvçilik, töquvçilik, robototexnika, rassomlik, sanʼat, kitobxonlik yönalişlari böyiça tayyorlangan ijodkorlik namunalari ularning yorqin kelajak sari dadil intilayotganlaridan dalolat ekanligini taʼkidladilar.
Şundan söng tadbir mehmonlari öz şeʼrlaridan öqib berdilar hamda maktab ijodkor yoşlarining şeʼrlarini maroq bilan tingladilar.
Tadbirda öquvçi-yoşlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy va qöşiqlar barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Tadbir yakunida maktabning amaliy fanlar uslubbirlaşma Kengaşi aʼzosi, texnologiya fani öqituvçisi Şahnoza Qurbonboyeva, musiqa fani öqituvçisi Bahodir Atoyev, tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Şokir Orazboyevlar amaliy fanlar oyligi doirasidagi barça tadbirlarda faol iştirok etgan öquvçi-yoşlarga minnatdorçilik bildirişib, öz sovğalarini taqdim etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶