14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:56
Fan va taʼlim 👁 611

OʻZBEKISTONDA FAOLIYaT BOShLAGAN PISA-2022 XALQARO TADQIQOTI ILK BOR AMUDARYoDA OʻTKAZILDI

OʻZBEKISTONDA FAOLIYaT BOShLAGAN PISA-2022  XALQARO TADQIQOTI ILK BOR AMUDARYoDA OʻTKAZILDI

Shu yil 21-aprel kuni 86-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchilari Oʻzbekistonda ilk marotaba PISA-2022 xalqaro tadqiqotining asosiy sinovida ishtirok etdi.

Shuni taʼkidlash joizki, ushbu tadqiqot Prezidentimizning 2019-yil 29-apreldagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi qarori, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti oʻrtasida imzolangan 2018-yil 11-dekabrdagi “Oʻquvchilarni baholash xalqaro PISA-2022 tadqiqotida ishtirok etish toʻgʻrisida”gi shartnoma hamda 2021-yil 3-martdagi “Qoʻshimcha kelishuv”ga muvofiq tashkil etilishi belgilangan boʻlib, tadqiqotni Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida muvofiqlashtirish, shuningdek, taʼlim muassasalarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash vazifalari Taʼlim inspektsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan.

Tadqiqotni Taʼlim inspektsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan PISA-2022 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonini tashkil etishga masʼul qilib belgilangan bosh test administratori, Milliy markaz boʻlim boshligʻi Karimov Nizomiddin, yordamchi test administratorlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti katta oʻqituvchisi Indira Pirlepesova va Lola Urazboyeva hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti informatika oʻqitish metodikasi kafedrasi assistent-oʻqituvchilari Jasurbek Urazimbetov va Zulkander Orakbayev, shu bilan bir qatorda maktab koordinatori Shavkat Tajiyev belgilangan talablar darajasida samarali tashkil etdilar.

Mazkur tadqiqot mamlakatimiz taʼlim tizimida qanday muammolar mavjudligini va bu jarayonlar natijasi sohada amalga oshiriladigan islohotlarga qanday taʼsir koʻrsatishini, shuningdek, oʻqituvchilarning maqomi va uni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab beradi. PISA – oʻquvchilarning oʻqish, yaʼni matnni tushunish, matematika va tabiiy fanlardan tashqari kreativ fikrlashi, bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi boʻlib, oʻquvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va koʻnikmalarini aniqlashga moʻljallangan.

PISA xalqaro baholash dasturi, shuningdek, oʻquvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli maʼlumot toʻplaydi va oʻquvchilarda muammoni hal qila olish kabi koʻnikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda oʻquvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan taklif, yechimlarni baholaydi. PISA – dunyo mamlakatlari oʻquv dasturlarida mavjud boʻlgan talablar doirasida halqaro baholash dasturlarini oʻtkazishga asoslanib, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarni qoʻllash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga eʼtibor qaratadi. PISA hech qanday oʻquv dasturini belgilamaydi, targʻib qilmaydi yoki umumiy eʼtirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, oʻquvchilarda tabiiy fanlardan oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma darajalari shakllanishi va mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam deb hisoblanishini eʼtirof etadilar.

PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer fikricha: “Oʻquv dasturlarining oʻzini oʻzgartirib qoʻyish bilan yuqori natija kutish mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Buning uchun oʻqitish jarayonini, uning ishtirokchilari boʻlgan oʻquvchilar va ularning ota-onalarining dunyoqarashini oʻzgaritish lozim”. PISA dasturi mamlakatlarga taʼlim tizimi yutuq va kamchiliklari haqida oʻz vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning taʼsirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, taʼlim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlaydi. Taʼlim sifatini baholashga yoʻnaltirilgan PISA xalqaro tadqiqotlari Oʻzbekiston taʼlim tizimi uchun ilk marta oʻtkazilayotganligi sababli ularni toʻgʻri, samarali va obʼektiv oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni oʻz vaqtida his qilgan maktab maʼmuriyati, pedagog va texnik xodimlar tadbirning samarali oʻtishi uchun jonbozlik qilgan holda oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni toʻligʻi bilan bajardilar.

Tadbirni xalqaro talablar darajasida tashkil qilganligi va samarali oʻtkazganligi uchun maktab jamoasi va maktab koordinatori hamda 30-sonli maktab trener-oʻqituvchisi Umida Rahimboyevaga Taʼlim inspektsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi rahbari tomonidan “Tashakkurnoma” topshirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Amudaryo tuman Xalq taʼlimi boʻlimi rahbariyati ham maktab jamoasi, maktab koordinatori hamda 30-sonli maktab trener-oʻqituvchisi Umida Rahimboyevaga minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Ravshan Xolmurodov, tuman XTB TSM boʻlimi bosh-inspektor metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019