AMUDARYo TUMANIDA INTENSIV BOĞLAR YaRATILIB, ERTAGI SABZAVOT EKIŞ NIHOYaSIGA YeTKAZILMOQDA
Boğdorçilik va issiqhona xöjaligini rivojlantiriş maqsadida Amudaryo tumanida maxsus loyiha ofisi taşkil etilgan bölib, ayni paytda tumanda meva-sabzavotçilikni rivojlantiriş, boğ, ekinlar hosildorligini oşiriş va sifatini yaxşilaş maqsadida Amudaryo tuman boğdorçilik va issiqxona agentligi tomonidan bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq mevali daraxt köçatlari olib kelindi. Bundan taşqari, intensiv sabzavotçilikni rivojlantiriş maqsadida 50 ming donadan ortiq sabzavot va poliz köçatlarini olib keliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Amudaryo tumani böyiça 915 gektar oçiq maydonlarga har xil turdagi sabzavot ekinlari ekiş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda mazkur maydonlarda sabzavot uruğlarini ekiş işlari qizğin olib borilmoqda.
Sifatli kartoşka yetiştiriş va içki bozorni mahalliy kartoşka mahsulotlari bilan töldiriş maqsadida tumandagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi klasteri tomonidan 310 gektar maydonga serhosil navli kartoşka uruğlarini joylaştiriş uçun uruğni öz vaqtida yetkazib beriş taʼminlandi.
Joriy dehqonçilik yilida 130 gektar maydonda soya ösimligini yetiştiriş közda tutilgan. Şu maqsadda tumandagi qişloq xöjalik korxonalari tomonidan soya ekiladigan yer maydonlarida barça agrotexnik tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oşirilib, ayni kunlarda ekiş jarayoni yakuniga yetkazilmoqda.
Tumanimizdagi boğdorçilik tarmoğiga ega qişloq xöjalik korxonalari tomonidan intensiv boğlar barpo etişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangidan intensiv boğlar bunyod etiş işlari tuman hokimi Sultonboy Yöldaşevning şaxsiy iştiroki va taşabbusi bilan amalga oşirilayotgani tufayli erta bahordanoq 200 gektar maydonlarga turli mevali daraxt köçatlari, 30 gektar maydonga uzum toklari sifatli qilib ekildi.
Ayni kunlarda tumanimiz qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan ertagi sabzavot ekinlarini ekiş işlari ham sifatli yakuniga yetkazilmoqda. Xususan, Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşev rahbarligidagi 1-sektor hududidagi Çoyköl, Tölqin, Qipçoq, Nazarxon ovullari hamda Bekboy Töqay xöjaliklari hududidagi fermer xöjaliklari tasarrufidagi 56 gektar maydonga kartoşka, 80 gektar yerga sabzi, 35 gektar piyoz, 38 gektar maydonga soya ösimligi ekiş rejalaştirilgan bölib, mazkur ekinlarni ekiş işlari sifatli yakunlandi. Ayni paytda sektor hududidagi sabzavot ekilgan maydonlarda bir tekis unib çiqqan nihollarni dastlabki parvarişlaş, agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş işlari boşlab yuborildi.
Amudaryo tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektor hududiga qaraşli Manğit, Amir Temur nomli, Yöldoş Örozboyev nomli, Qiliçboy, Turkmaniston muqobil maşina-traktor parklari xizmat körsatuvçi qişloq xöjalik korxonalari tomonidan ham ertagi sabzavot ekiş rejasi 100 foiz bajarildi. Mazkur hududlardagi 88 ta fermer xöjaliklarida belgilangan rejaga köra, 101 gektar yerga kartoşka, 68 gektar sabzi, 46 gektar maydonga piyoz va 29 gektar yerga soya ekilib, bu boradagi reja ortiği bilan ado etildi.
3-sektor hududidagi Böz yop, Xitoy, Bobur nomli va Oq oltin ovullari hamda Özbekiston mahallasida jami 119 gektar kartoşka, 109 gektar sabzi, 30 gektar piyoz va 46 gektar yerga soya ekinlari sifatli qilib ekildi.
4-sektor hududidagi Qangli va Toşyop ovullari hamda Namuna mahallasi hududlarida ham joriy yilda röy berayotgan suv tanqisligiga qaramasdan 16-aprel holatiga 33,5 gektar yerga kartoşka ekilib, bu boradagi reja 98,5 foiz, 21,5 gektar yerga sabzi uruği ekilib, reja 89,6 foizni taşkil etmoqda va mazkur ekinlarni ekiş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Şuningdek, sektor hududidagi fermer xöjaliklarida 27 gektar yerga piyoz, 17 gektar yerga soya ösimligi ekilib, bu boradagi reja 100 foizga ado etildi.
Joriy yilning 16-aprel holatiga Amudaryo tumani böyiça jami 308 gektar yerga kartoşka, 279 gektar sabzi, 138 gektar piyoz va 130 gektar soya ösimligi ekilib, gektarlarda bir tekis unib çiqayotgan sabzavot nihollariga dastlabki agrotexnik işlov beriş işlari boşlab yuborildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶