11-SONLI MAKTABDA “FARZANDIMGA KITOB SOVĞA QILAMAN” AKTsIYaSI ÖTKAZILDI
Inson hayotda doimo maʼnaviy ozuqa olişga ehtiyoj sezib yaşaydi, kitoblarga intilişi, umrining qançadan qança aziz lahzalarini mutolaaga bağişlaşi ham bejiz emas.
Jamiyat hayotining ajralmas qismi bölgan kutubxonalar esa azal-azaldan maʼnaviyat va maʼrifat öçoği bölib kelgan, kitoblardan ommaviy foydalanişni taʼminlovçi madaniy muassasa hisoblanadi. Kitobxonlarga xizmat körsatiş – kutubxonalarning asosiy faoliyatining mezonidir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitob öqiş keng tarğib etilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş borasida belgilab bergan beş taşabbusining biri ham ular orasida kitobxonlikni keng tarğib etişdir. Boisi barça bilimlar kitoblarda mujassam. Kutubxonaga şuning uçun ham nurxona, deb taʼrif beriladi.
Yaqinda Amudaryo tumani Qipçoq şaharçasi hududida joylaşgan 11-sonli maktabda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Qunduzoy Xolmurodova, psixolog Dilnoza Şomurodova va kutubxonaçi Mehribon Yöldoşeva, Raʼno Yeşmurodovalar hamkorligida “Farzandlarimiz kelajagiga befarq bölmaylik” şiori ostida bir qança maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi. Xususan, öquvçilar bilan turli mavzularda suhbatlar, ota-onalar yiğilişlari ösib kelayotgan yoş avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazişdek ulkan maqsadga qaratildi.
Aktsiyasi haqiqiy maʼnoda bayram tusini oldi.Tadbirda maktabning barça öqituvçilari, öquvçilari, ota-onalar iştirok etdilar.
Tadbirda maktab kutubxonasida mavjud adabiyotlar namoyiş etilib, ota-onalarga farzandlari bilan birga bu kitoblarni öqiş, öqigan asarlari yuzasidan suhbatlaşiş, orqali bolalarning kitoblardan olgan taassurotlarini kengaytiriş tavsiya qilindi.
Şuningdek, köçma kitob dökoni savdosi yölga qöyilib, 500 turdan ziyod bolalar adabiyoti namunalari körgazmaga qöyildi.
Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Qunduzoy Xolmurodova ota-onalarga farzand tarbiyasida kitob mutolaasining ahamiyati haqida gapirib, ularni farzandlariga kitob sovğa qilişga daʼvat etdi. Ota-onalar farzandlari bilan birga badiiy kitoblar tanlab, xarid qildilar, öquv qurollari, darsdan taşqari öqiş uçun tavsiya qilingan, öquv fanlarini çuqur örganişga doir adabiyotlarni oldilar.
“Farzandimga kitob sovğa qilaman” aktsiyasiga taşrif buyurgan ota-onalar farzandlarining taqdiriga befarq emasligini, aynan şunday tadbirlar bolalarni kitob öqişga rağbatlantirişini taʼkidladilar.
Şuni ham aytiş örinliki, mazkur maktab kutubxonasi barça öquvçilarni darsliklar bilan töla taʼminlagan. Darsliklardan taşqari 3113 ta badiiy, 2096 ta bolalar uçun möljallangan kitoblar mavjud, davriy naşrlar taxlamlari ham bor.
Maktabning jami öquvçilaridan 838 nafari kutubxonaga aʼzo va muntazam kitob mutolaasi bilan şuğullanişadi. Kutubxona öquv zalida faol kitobxonlar iştirokida badiiy adabiyotlar haqida suhbatlar, özbek adabiyotining taniqli namoyandalari hayoti va ijodiga bağişlangan adabiy keçalar ötkazib kelinadi. Buningdek çora-tadbirlarning barçasi öquvçilar orasida kitobxonlikni tarğib etgani bilan ahamiyatlidir. Çunki kitob insonning dunyoqaraşini kengaytiradi, aqlan boyitadi.
“Farzandingiz taqdiriga befarq bölmang!” şiori ostida ötkazilgan haftalikning bir tadbiri – “Farzandimga kitob sovğa qilaman” aktsiyasi ham şu maqsadga xizmat qilişi sözsiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶