AMUDARYo TUMAN MAKTABGAÇA TAʼLIM BÖLIMIDA “KORRUPTsIYa – JAMIYaT KUŞANDASI” MAVZUSIDA TADBIR BÖLIB ÖTDI
Hozirgi kunda dunyo miqyosida insoniyat uçun hal etilişi lozim bölgan eng asosiy masalalardan biri korruptsiya muammosidir. Şu sababli korruptsiyaga qarşi kuraşiş hamda uning oldini oliş maqsadida idora va taşkilotlarda huquqşunoslar iştirokida korruptsiyaga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş mavzusida davra suhbatlari, oçiqlik va şaffoflikka asoslangan yiğilişlar ötkazilib, bu boradagi muammolar atrofliça muhokama qilinmoqda.
Amudaryo tumani Maktabgaça taʼlim bölimida bölib ötgan tadbirda ham bu borada sohada amalga oşirilayotgan işlar, yeçimini kutayotgan muammolar atrofliça muhokama etildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining Korruptsiyaga qarşi kuraşiş komplaens nazoratni oşiriş böyiça boş mutaxassisi, Amudaryo tumani prokuraturasi, tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi, şuningdek, tuman Maktabgaça taʼlim bölimining masʼul xodimlari hamda tumandagi maktabgaça taʼli taşkilotlari rahbarlari iştirok etdilar.
Tadbirni Amudaryo tuman Maktabgaça taʼlim bölimi mudiri Saida Sodiqova oçdi va mamlakatimizda tobora dolzarb masalaga aylanib borayotgan korruptsiyaga qarşi kuraşiş va korruptsiyasiz jamiyat quriş maqsadida Respublikamizda olib borilayotgan işlarga töxtaldi.
Tadbirda Maktabgaça taʼlim vazirligi tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasida Özbekiston Respublikasi Qonunçilik bazasi va amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan masʼullar tomonidan keng tuşuntirişlar berildi. Bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan Amudaryo tumani Adliya bölimi boş maslahatçisi Jamşid Bekimbetov batafsil söz yuritdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi, Amudaryo tumani prokuraturasi masʼullari sözga çiqib, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça sönggi ikki yil içida qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ijrosini taʼminlaş yuzasidan olib borilayotgan işlar töğrisida maʼlumotlar berdi.
Jumladan, Prezident Farmonlari va Qarorlari asosida amalga oşirilgan nazorat tadbirlari jarayonida Qoraqalpoğiston Respublikasida 2020-yilda 90 ta korruptsion jinoyatlar sodir etilgan bölsa, 2021-yil davomida 229 ta şu turdagi jinoyatlar aniqlangan. Bu körsatkiç ança köpayganining asosiy sababi quriliş sohasidagi talon-tarojlik va qator huquqbuzarlik jinoyatlarining ösişi bilan boğliqligi taʼkidlandi.
Faqat joriy yilning özida sodir qilingan korruptsion jinoyatlarning 69 tasi quriliş sohasiga taalluqli bölib, 2020-yilda Respublikadagi turli darajadagi lavozimli şaxslarning 54 nafari, turli soha xodimlarining 17 nafari, fuqarolarning 31 nafari va 2021-yil davomida lavozimli şaxslarning 202 nafari, turli soha xizmatçilarining 94 nafari, fuqarolarning 54 nafari korruptsiya bilan boğliq turli jinoyatlarni sodir qilganligi uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Şuningdek, masʼullar korruptsiya bilan boğliq jinoyatlarning 21 tasi Halq taʼlimi vazirligi sohasida, 22 tasi Maktabgaça taʼlim sohasida, 5 tasi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi sohasida, 54 tasi işsiz fuqarolar tomonidan sodir etilganini qayd etişdi.
Tadbirda Maktabgaça taʼlim sohasida aniqlangan korruptsion holatga ham töxtalib ötildi, bu sohada jinoiy javobgarlikka tortilgan 15 nafar şaxslardan 3 nafari maktabgaça taʼlim sohasiga işga kiritiş uçun pora talab qiliş, 12 nafari byudjet xarajatlarini talon-taroj qiliş bilan boğliq jinoyatlarini sodir etişgan.
Tadbir iştirokçilari tomonidan Respublikada amalga oşirilgan işlar bilan bir qatorda, korruptsiyaga qarşi kuraşiş, öz yeçimini kutib turgan masalalar va töliq foydalanilmagan imkoniyatlar bor ekanligi va kelajakda huquqni muhofaza qiliş organlari bilan birgalikda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida korruptsiyaning har qanday körinişiga qatʼiy barham beriş böyiça fikrlar bildirildi.
Bu kabi tadbirlarni ötkazişdan maqsad soha vakillarining huquqiy savodxonligini östiriş, va şu orqali korruptsiya kabi jamiyat kuşandasiga qarşi ommaviy kuraşişni yanada kuçaytirişdan iboratdir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶