SANʼATKORLAR OILASI SARDORI
Insonning şaxs sifatida şakllanişi köp jihatdan irsiy omillarga boğliq, deyişadi. Şu bois, ayrim insonlarning alohida iqtidoriga baho berişganida köpinça: “qonida bor-da”, degan eʼtirofni eşitamiz. Taʼbir joiz bölsa, xuşovoz xonanda, “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari Anvar Xudoyberganovning ijro mahorati xususida ham sanʼatkorning muxlislari aynan şunday taʼrif berişadi.
– Sanʼatga ixlos, qalbidagi jöşqinlik, hatto ovoz tebranişlari ham xuddi Alloh rahmat qilsin bobosi Murod baxşiga tortgan, – deya taʼriflagan edilar Anvar Xudoyberganovning ustozi, Qorqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmirza oğa Nurmatov.
Axir xalqimiz bejizga “oqqan daryo oqaveradi”, degan hikmatni yaratmagan.
Anvarjon ilk aşulasini aytib, ota-onasini xursand qilganida hali juda kiçkina, 5-6 yoşli bola edi. Alloh rahmat qilsin ota-onasi Kamol ota bilan Maryamjon ona tartib bergan oiladagi öziga xos maʼnaviy-tarbiyaviy muhitda 7 nafar öğil-qiz voyaga yetişdi. Oilada törtinçi farzand bölgan Anvarjon musiqa maktabida tahsil oluvçi katta akasi Şomurod oğaning rubob çolğusida kuy çalişlariga şunçaki havas qilib emas, balki öta qiziquvçanlik bilan bu çolğu asbobida kuy ijro etişni mustaqil örgandi. Undagi ixlos va intilişni körgan Şomurod akasi musiqa maktabida özi örgangan nimaiki dars-maşğulot bölsa, Anvarjonga erinmay örgatdi. Uning intiliş va harakatlaridan quvongan ota-onasi: “bobosiga tortgan, kimsan, Murod baxşining çevarasi-da!” deya faxrlanadigan bölişdi.
Öz davrining taniqli sozanda va doston kuylovçi baxşilaridan bölgan Murod baxşining munosib avlodi A.Xudoyberganov özining noyob iqtidori bilan öquvçilik davrida maktabda ötkaziladigan barça bayram tadbirlarining doimiy iştirokçisiga aylandi. U umumtaʼlim maktabini tugatgaç, Urganç şahridagi maşhur Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtiga öqişga kirdi. Öz qiziqişlari tufayli qaşqar rubobi, afğon rubobi, tor, dutor kabi milliy va şarq xalqlari sozlarida kuylar ijro etişni qoyilmaqom uddalaydigan A.Xudoyberganov bilim yurtida puflab çalinadigan musiqa asboblari turkumiga kiruvçi truba çolğusi sir-asrorlarini 3-yil davomida mukammal örgandi va mazkur bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagaç, 1983-yilda Toşkent Davlat madaniyat institutiga öqişga kirdi. Institutdagi oliy taʼlim jarayoni, ustozlarining nazariy va amaliy maşğulotlari asnosidagi talabçanligi, qolaversa, özining kamdankam odamlardagina kuzatiladigan ötkir zehni va qobiliyati uning öz mutaxassisligini puxta egallaşi uçun imkon yaratdi. U ustozlarining maslahati bilan öqiş jarayonini bevosita öz sohasi böyiça iş jarayoni bilan qöşib davom ettiriş maqsadida institut tahsilini sirtqi bölimga ötkazdi.
Uning bu qarori institut tahsili orqali olgan bilimini iş jarayonida mustahkamlaş, öz sohasi böyiça tajribasini oşirişga yordam berdi. Hatto 1984-86-yillarda sobiq ittifoqning Xabarovsk ölka harbiy okrugi harbiy orkestrida xizmat burçini ötagan A.Xudoyberganov öz ijrolari bilan butun Xabarovsk ölkasi böylab harbiy orkestrning ijodiy gastrollarida iştirok etdi.
Keyinçalik A.Xudoyberganov 8-yil davomida Amudaryo tuman Madaniyat uyi huzuridagi “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli musiqa rahbari lavozimida faoliyat yuritdi. Özining taşkilotçiligi, soha böyiça yuqori bilim va mahoratga ega ekanligini mehnat faoliyati jarayonida namoyon etgan Anvar Xudoyberganov 1994-yildan hozirga qadar Amudaryo tuman Madaniyat markazi huzuridagi “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari sifatida xalqqa sidqidildan xizmat qilib kelmoqda.
U öz faoliyati davomida ansamblga yoş, iqtidorli ijroçilarni jalb etiş, ularning qobiliyatlarini rivojlantiriş, ansamblning turli mazmun va şakllardagi körik-tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etişi uçun tuman madaniyat bölimi rahbariyati bilan samarali faoliyat olib bordi. Natijada “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli nafaqat Amudaryo tumani, balki Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosidagi davlat tadbirlarining ham doimiy iştirokçisiga aylandi.
Xususan, Orol dengizining qurigan tubida yaşil örmonzorlar barpo etayotgan köngillilar, mexanizatorlarning madaniy dam olişini taʼminlaş maqsadida 2019-yilda taşkil etilgan “Orol umidi” tadbirida badiiy jamoa öz kontsert dasturi bilan iştirok etib, Orolböyi yaşil makonini yaratişga munosib hissa qöşdi. Bundan taşqari, şu yili Çimboy va Möynoq tumanlarida bölib ötgan davlat tadbirlarida maxsus kontsert dasturi bilan iştirok etgan “Uçqun” aşula va raqs xalq ansamblining badiiy çiqişlari, ijroçilarning mahorat va yuksak madaniyati tadbirlar taşkilotçilari va xalqimiz eʼtirofiga sazovor böldi.
Katta ijodiy jamoaga rahbarlik qiliş, jamoaning har bir aʼzosiga qobiliyati va ijro mahoratiga köra talablar qöyiş, iqtidorli yoşlar bilan tizimli iş olib boriş, ayniqsa, sanʼat sohasida ançayin murakkab jarayon. Ommaviy madaniyat unsurlari har qadamda xavf solib turgan bugungi tezkor zamonda ansambl faoliyatini bir maromda yönaltirib turiş rahbar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Buni çuqur his qilgan A.Xudoyberganov ijodiy jamoada ustoz-şogird anʼanalari asosida 30 nafar yoş ijroçilar bilan alohida şuğullanişga, yoşlar örtasida milliy-madaniy qadriyatlarni rivojlantirişga jiddiy eʼtibor qaratadi. Şu bois, ijodiy jamoa A.Xudoyberganov rahbarligida öz faoliyati davomida köplab ijodiy yutuqlar sohibi böldi. Xususan, Samarqand şahrining 2750 yilligi munosabati bilan “Samarqand sadolari” şiori ostida ötkazilgan aşula va raqs jamoalarining Özbekiston Respublikasi körik-tanlovida ansambl faxrli 2-örinni egalladi. 2009-yilda havaskor badiiy xalq jamoalarning Özbekiston Respublikasi festivalida “Eng yaxşi xalq çolğu jamoasi” yönalişi ğolibi, 2011-yilda esa “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika körik-tanlovining hududiy bosqiçi ğolibi, ansamblning badiiy rahbari A.Xudoyberganovning özi esa “Çolğu ansambli” yönalişi böyiça 2011-yilda bölib ötgan Respublika havaskor jamoalari festivalining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi sovrindori böldi. Öşa yili Navoiy viloyatida bölib ötgan yana bir nufuzli festivalda “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli festivalning qimmatbaho sovğasi va Diplomi bilan taqdirlandi.
A.Xudoyberganov ham nufuzli ijodiy jamoa rahbari, ham el sevgan sanʼatkor sifatida hamişa xalq bilan birga. Özi istiqomat qiladigan Arnaböyi mahallasida bölib ötadigan xalq sayillari, töy va marosimlarda, avvalo mahalla faoli, qolaversa, ijrolari xalqqa manzur sanʼatkorlar oilasi sardori sifatida hurmat va eʼtibor qozongan. Bejizga mahalladoşlari A.Xudoyberganov oilasini “Oila – jamiyat tayançi” körik-tanlovida ğolib sifatida tanlaşmagan. Mazkur körik-tanlovda “Ibratli sanʼatkorlar oilasi” yönalişida ğoliblikni egallagan A.Xudoyberganov oilasi haqiqatan ham ibratga, eʼtiborga munosib.
Nafaqaga çiqqunga qadar 27-sonli maktabda yoşlarga taʼlim-tarbiya bergan umr yöldoşi Dilbarxon Bobojonova bilan 4 nafar öğilni tarbiyalab voyaga yetkazişdi. Biri-biridan aqlli, öqimişli farzandlarining kattasi Sarvarjon öz muxlislariga ega sanʼatkor, Amudaryo tuman Madaniyat markazi huzuridagi “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi musiqa rahbari. Abrorjon fermer xöjaligida işlaş bilan birga mohir sozanda. Sardorbek öz aşulalari orqali muxlislari eʼtiborini qozongan sanʼatkor böliş bilan birga 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida sanʼatsevar yoşlarga musiqa ilmidan saboq beradi. Oilaning kenja öğli Sanjarbek Xudoyberganov esa Şimoli-Ğarbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy orkestrda xizmat qiladi.
A.Xudoyberganov tom maʼnoda sanʼatkorlar oilasi sardori. U ukasi Şavkatjon va 4 nafar sanʼatkor öğillari bilan nafaqat Amudaryo tumanida, balki qöşni Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlarida hamişa xalq xizmatida. Uning şaxsiy repertuaridan joy olgan “Suvora” va “Savti Suvora”, “Feruz-1”, “Feruz-2”, Noqisning “Doğman” kabi mumtoz-nasihat aşulalari, xalq sevgan hofizlar Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyşukurovlar kuylagan badiiy yuksak aşulalari bugungi kunda xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylangan.
– Xalq xizmatlarida mendan “Onajon” qöşiğini köp söraşadi, – şogirdi Murodjon Ibragimov kuy bastalagan “Onajon” aşulasi bilan tanlovlarda ğolib bölganini faxrlanib sözlaydi u.
Darvoqe, “Soğlom ona va bola” yili munosabati bilan “Otam – suyangan toğim, onam – mehr buloği” Respublika körik-tanlovida A.Xudoyberganov 3-örinni egallagan, körik-tanlov yakunida oldingi örinlar ijroçilari qolib, A.Xudoyberganovning “Onajon” aşulasi yana bir bora yangragan edi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosidagi katta sahnalarda öz ijro mahoratini muvaffaqiyatli namoyiş etib kelayotgan el sevgan sanʼatkor A.Xudoyberganovning soha rivojiga qöşayotgan ulkan hissasi davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan. Masʼul taşkilotlar tomonidan faxriy yorliqlar, taşakkurnomalar taqdim qilinib, Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
– Anvarjon bundan-da yuksakroq mukofotlarga munosib, – deydi ustozi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Gulmirza oğa Nurmatov.
Ustozning şogirdga işonçi – munosib eʼtirof etilişida, deyişadi. Biz esa çin köngildan yaxşi, yoruğ niyatlar qilamiz: el sevgan sanʼatkor, salkam 40-yildan beri öz qöşiqlari bilan amudaryoliklar, şu barobarida qöşni Xorazm viloyati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlarida özining yuzlab muxlislariga ega sanʼatkor sifatida tanilgan Anvar Xudoyberganovga 60 yoşning ostonasida yanada jöşqin ijod yor bölişini tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶