Daryoböyi mahallasida “Hokim va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi
26-mart kuni Amudaryo tumani Daryoböyi mahallasi hududidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining majlislar zalida “Hokim va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, hududda yaşovçi 28 nafar faol yoşlar hamda tumanimizda faoliyat yuritayotgan mutasaddi taşkilot vakillari iştirok etişdi.
Uçraşuv davomida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev tarixan qisqa davrda Özbekiston yoşlari erişgan muvaffaqiyat va yutuqlar zamirida davlatimiz tomonidan körsatilayotgan katta ğamxörlik va yuksak eʼtibor mujassam ekanligini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda yoşlarni har jihatdan barkamol qilib tarbiyalaş, ularning salomatligini mustahkamlaş, qobiliyatlarini röyobga çiqariş va bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş, böş vaqtini mazmunli ötkaziş, barça sohalarda olib borilayotgan islohotlar jarayonidagi iştirokini kengaytiriş masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovçi, qatʼiy pozitsiyasi, keng dunyoqaraş va çuqur bilimlarga ega bölgan vatanparvar yoşlarni tarbiyalaş, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarşi immunitetni şakllantiriş, sportga jalb qiliş orqali ular orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar öz samarasini bermoqda.
Uçraşuvda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov tomonidan Aholi muammolari bilan işlaş jarayonida yoşlar murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlab ötildi.
Şuningdek, murojaatlar tahliliga köra, yoşlarni asosan bandlik, öqişga kiriş, öqişni köçiriş, qayta tiklaş, yer maydoni ajratiş, kredit oliş kabi masalalar öylantirayotganligi aytib ötildi.
Şundan söng, yoşlar tuman hokimiga taklif va muammolari bilan murojaat qilişdi.
Yoşlardan, Oybek Qurbonboyev öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişda elektr payvandlaş uskunasini, Malika Raximova esa tikuv maşinasini subsidiya asosida oliş niyatlari borligini bildirib, amaliy yordam sörab murojaat qilişdi.
Murojaatlar şu yerning özida tegişli taşkilot masʼullariga topşiriq sifatida berilib, ijrosi nazoratga olinişi belgilab qöyildi.
Oçiq va samimiy ruhda ötgan uçraşuvda yoşlarga taalluqli barça dolzarb masalalar muhokama qilindi. Şu bilan birga yoşlar özlarini qiziqtirgan masalalar, ğoya va taşabbuslarini tuman hokimiga tuğridan-töğri murojaat qilib yetkazişdi.
Uçraşuv Daryo böyi mahallasi yoşlari dilida özgaça taassurot qoldirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶