22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:34
Siyosat 👁 484

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 47-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 47-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Mavzuga oid fotoreportaj

2022-yil 25-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 47-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 28-Daryo boʻyi saylov okrugidan deputat Akbar Rajapov saylandi.

Sessiyada dastlab Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyati haqida sud raisi Jasur Oʻrazbayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarining sud yoʻli bilan himoya qilinishi toʻlaqonli taʼminlash boʻyicha “Harakatlar dasturi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, aholiga har tomonlama qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida sayyor sudlarni tashkil qilish amaliyoti haqida ham maʼlumotlar berildi.

Sessiya ishida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida 2022-yil 1-yanvardan 18-martgacha amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratovning axboroti tinglandi. Taʼkidlanganidek, hisobot davrida sud tomonidan 683 ta ish koʻrib tamomlangan. Tamomlangan ishlarning 515 tasi boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, shundan 488 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirilgan va 27 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar rad etilgan. 168 ta ish boʻyicha ajrimlar chiqarilgan boʻlib, 3 ta ish yuritishdan tugatilgan. 165 ta ariza esa koʻrmasdan qoldirilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – 2021-yil davomida Amudaryo tumani Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻʼbasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida shoʻʼba mudiri Jahongir Xolmurodov hisobot berdi. Hisobotda tuman boʻyicha jami aholining 74 ming 200 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil qilishi, tuman Bolalarni himoya qilish masalalari komissiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taqdim qilingan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha hujjatlarni komissiyada koʻrib chiqib, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning ota-onalariga nisbatan tegishli tartibda jarimalar solinayotgani qayd etildi.

Cessiya kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Islambek Matkarimovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd qilinganidek, aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tumanda fermer xoʻjaliklarining foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalla ekinlaridan qisqartirilgan   yer maydonlari  hisobidan fuqarolarga   10 sotixdan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamda jami 2242 gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqichma-bosqich aholiga berish rejalashtirilgan. Shundan joriy yilda jami 897 gektar  yer  maydonlari ishsiz aholiga ajratib beriladi. Hisobotda bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning hozirgi holati va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2021-yil 22-dekabrdagi 555-sonli qarorning ijrosi boʻyicha tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitovning hisoboti tinglandi. Deputatlar tumanda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yagona miqdorlarda belgilangan bazaviy soliq stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash masalasini bir ovozdan maʼqulladilar.

 Bundan tashqari sessiyada joriy yilning may oyida oʻtkaziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, xususan, saylovni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasini tuzish masalasi hamda Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman xokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026