24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:48
Jamiyat 👁 330

Hokim yordamichisi: “Har bir oila daromad manbaiga ega boʻlishi kerak”

Hokim yordamichisi: “Har bir oila daromad manbaiga ega boʻlishi kerak”

Keyingi yillarda mahalla faoliyatiga katta eʼtibor qaratilib, mahallabay va xonadonbay ishlash tizimi joriy etildi. Ushbu tizmlar faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi natijasida koʻplab muammolar yechim topib, xalqimiz turmushi farovonligi kun sayin yuksalmoqda.

Amudaryo tumanining 49 ta mahallalarida hokim yordamchilari oʻz faoliyatini boshlaganiga 2 oydan oshiqroq vaqt boʻldi. Ular hududni iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlashga yaqindan koʻmaklashmoqda. Hokim yordamchilarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

Tumanimizning Oq oltin ovuliga biriktirilgan hokim yordamchisi Otabek Ibragimov ham boshqa kasbdoshlari singari ochiq tanlovda qatnashib, salohiyatli kadr sifatida tanlab olindi. Ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlmasa ham, mahalladoshlarining hurmati va ishonchiga erishdi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oq oltin ovulida 1325 ta xonadon mavjud boʻlib, ushbu xonadonlarda 7410 nafar aholi istiqomat qiladi. Ovul aholisi asosan dehqonchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib keladi. 

Hokim yordamchisi oʻz ish faoliyatini dastlab, xatlovdan boshladi. Uyma-uy yurgan holda xonadonlardagi ahvol bilan tanishib, ularning muammo va takliflarini oʻrgandi. Shuningdek, mahallaning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, tadbirkorlarning sonini koʻpaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.

Hokim yordamchisi taʼkidlaganidek, har bir roʻzgʻor daromad manbaiga ega boʻlsa, kambagʻallik degan tushunchaga oʻrin qolmaydi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqot chogʻida Otabek Ibragimov qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga olish istagidagi fuqarolarga zaruriy tushuntirishlar berib, tadbirkorlik yoʻnalishlarini belgilab olishlarida ham amaliy yordamlar bermoqda.

Maʼlumki, ayni kunlarda Prezidentimizning maxsus qarori asosida joriy yilda tuman boʻyicha fermer xoʻjaliklarining paxta va gʻalladan qisqartirilgan 897 gektar maydonlarini jami 3 ming 588 ta dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish uchun aholiga berish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda. Ovul hududida umumiy maydoni 42 gektar boʻlgan qishloq xoʻjaligi yerlari 168 ta lotlarga boʻlinib, shundan 159 tasi auktsionga qoʻyildi. Auktsion natijalariga koʻra bugungi kunda 6,25 gektar yer 25 nafar fuqarolarga ajratib berilib, fuqarolarning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, hokim yordamchisi tomonida kasb-xunar egallashga ishtiyoqi va qobiliyati bor 5 nafar fuqarolar “Ishga marhamat” monomarkazi, kasb-hunarga oʻqitish markazi va boshqa nodavlat taʼlim muassasalarida oʻqitishga yoʻnaltirildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning tomorqalariga xizmat koʻrsatish hamda sifatli va arzon urugʻlar yetkazib berish maqsadida “Oq-oltin tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham tashkil etilib, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanmoqda.

Shuningdek, ovul hududida 1 gektarlik issiqxona ham tashkil qilindi.

Bir soʻz bilan aytganda, Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yilida hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar xalqimiz turmush farovonligini bundan ham yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026