YILNING ENG YaXŞI AYoL SPORT MURABBIYSI
Maʼlumki, bolalar sportini rivojlantiriş – mamlakat qudratini yuksaltirişning aso-siy omillaridandir. Çunki soğ-lom, baquvvat bölib voyaga yetgan yoşlargina yurtimiz ravnaqiga hissa qöşadi, yovuz kuçlardan himoya qila oladi.
Davlatimizning aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, bolalar sportini ommaviy, umumxalq harakatiga aylantiriş borasidagi ğamxörligi tufay-li tumanimizda ham iqtidorli sportçi-lar, mohir trenerlar yetişib çiqmoqda.
Diyora Yodgorovaning sportga kirib keli-şiga ham aynan yurtimizda sportga qara-tilayotgan eʼtibor sabab bölgan desak, adaş-magan bölamiz.
U maktabda öqib yurgan vaqtlaridayoq badiiy gimnastika bilan şuğullanib, köpgina yutuqlarni qölga kiritdi. Uşbu sport turini çuqurroq egallaş maqsadida 2018-yilda Nukus ixtisoslaştirilgan Olim-pia sport kollejiga öqişga kirdi. Uç yil mobaynida olgan nazariy bilimlari, ama-liy maşğulotlari, ustozlar yöl-yöriqlari uning mahoratli trener bölib yetişişini taʼminladi.
Diyoraning kollejni muvaffaqiyatli tugatib, tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabiga badiiy gimnastika böyiça tre-ner bölib işga kirganiga hali bir yil ham tölmadi. Biroq qisqa muddatda şuğul-lanayotgan guruhi qizlari orasidan nufuzli musobaqalar ğoliblari yetişib çiqdi.
– Diyora umidli trener, – deydi sport maktab direktori Çorşam Tojimurodov.
Direktorning eʼtirofi bejiz emas. Çunki Diyora Yodgorovaning şogirdlari şu yilning yanvarida Toşkent şahrida bölib ötgan “Qor malikasi” oçiq turnirida 1-, 2-örinlarni egalladilar.
2021-yil Nukus şahrida ötkazilgan Qoraqal-poğiston kubogi musobaqasida 2010-yilda tu-ğilgan ösmirlar orasida G.Amirova 3-örinni, Z.Ilhomova 2-örinni, E.Baxtiyorova ham 2-örinni egalladi.
Diyora uçun murabbiylik faoliyatida bu-ningdek quvonçli voqealar köp böldi. Biroq 2021-yil 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kunida ötkazilgan tantanali marosimda uning “Eng yaxşi sport murabbiysi”, deya eʼtirof etilgani hayotidagi eng nurli kunlarning biri böldi. Bu voqea uni öz ustida ham işlab, öqib-örganişga, gimnastika guruhida şuğullanayotgan qizaloqlarning yanada ma-horatlarini oşirişga, intilişga çorladi. Diyoraning faoliyati kelgusida bundan-da samarali bölişiga umid qilib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶