QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGINING OLDINI OLIŞGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLDI
Maʼlumki, kunlar isişi bilan boşqa haşarotlar kabi kanalarning ham uyğonişi va faollaşişi boşlanadi. Şu sababli Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olişga eʼtibor qaratilmoqda.
Kanalar içida inson hayoti uçun öta xavfli bölgan, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qözğatuvçilarining taşuvçisi bölgan iksod kanalari ham mavjud. Uşbu holat fuqarolarimiz salomatligi muhofazasi yönalişida taʼsirçan tadbirlarni amalga oşirişni taqozo etadi.
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi ötkir yuqumli kasallik bölib, odamlarga kasallik qözğatuvçisi bilan zararlangan kanalar çaqişi orqali yuqadi. Demak, kasallikning asosiy manbai kasallangan odamlar, kasallangan kanalar va kasallik qözğatuvçisi bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi.
Xöş, kasallikdan qanday himoyalaniş mumkin? Umuman, buning iloji bormi? Ha, albatta.
3-mart kuni “Aholi örtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalişining oldini olişda favqulodda vaziyatlar davlat qutqaruv tizimining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi körgazmali maxsus-taktik öquv-maşqida aynan uşbu kasallikdan himoyalaniş böyiça tuşunçalar berildi va maxsus amaliy-taktik maşğulotlar namoyiş qilindi.
Tadbirda tuman Tibbiyot birlaşmasi maʼsul şifokorlari, idora, korxona, taşkilotlar vakillari, Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari iştirok etdilar. Maşğulotlar avvalida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenboyev uşbu tadbirning aholi uçun ahamiyati haqidagi töxtalib ötdi. Tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi Gulşod Tojiboyeva esa Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligihaqida batafsil maʼlumotlar berdi. Tuman Tibbiyot birlaşmasining boş infektsionist şifokori Ozod Qurbonboyev mazkur kasallikning klinikasi, diagnostikasi va uni davolaş usullari xususida gapirdi.
Tadbirning amaliy qismi tuman Tibbiyot birlaşmasining köptarmoqli markaziy poliklinikasida ötkazildi. Bu yerda teri va tanosil kasalliklari xonasi şifokori va hamşirasi Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga çalinganlikda gumon qilingan bemorni tekşiriş, taşhis qöyiş va yuqumli kasalliklar bölimining izolyator xonasiga yotqiziş, bu haqda belgilangan taşkilotlarga xabarnoma beriş tartibini amalda körsatib berdilar.
Tadbir davomida tuman Veterinariya bölimi xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi hamda köp tarmoqli markaziy poliklinika şifokorlari va hamşiralari uşbu kasallikdan saqlaniş yuzasidan hamkorlikda tarğibot-taşviqot işlarini yanada kuçaytirişi lozimligi taʼkidlandi.
Tuman hokimligi taşabbusi bilan hamkor taşkilotlar bilan birgalikda ötkazilgan körgazmali maxsus taktik-öquv maşqi Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bilan boğliq noxuş holatlar sodirrrr bölişining oldini olişda muhim vosita böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶