QOIDABUZARGA JAZO TAYINLANDI
Ota-bobolarimizning koʻzga koʻrinar-koʻrinmas balo-ofatlardan saqlagay, degan gapida hikmat koʻp. Axir falokat oyoq ostida, salgina eʼtiborsizlik, ehtiyotsizlik ham ulkan koʻngilsizliklarga sabab boʻlishini hayotning oʻzi tasdiqlamoqda.
2021-yilning 11-oktyabrida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining ochiq sud majlisida muhokama etilgan Nukus shahrida istiqomat qiluvchi, masʼuliyati cheklangan jamiyatda ishlab, oʻziga yuklangan vazifani yorugʻ yuz bilan uddalab yurgan, oilali, uch nafar farzandning otasi boʻlgan Oʻ.Abdullayev (ism-familiyalar oʻzgartirilgan)ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi haqida eshitgan odamning koʻngliga ham shunday oʻylar kelishi tayin.
U oʻtgan yilning koʻklamida akasi nomida boʻlgan “Cobalt” rusumli mashinani Nazarxon ovuli hududidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Buxoro – Nukus-Beynov” A-380 avtomobil yoʻlida harakatlanish jarayonida ehtiyot choralarini koʻrmasdan, old tomonida oʻzi bilan bir xil yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinani quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada “Nexia” rusumli avtomashina asfalt yoʻlning shimoliy qatnov qismida koʻndalang holatda turib qolganligi sababli “Damas” rusumli avtomashina “Nexia” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga borib urilgan va yoʻl chetiga chiqib ketib agʻdarilgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida “Nexia” rusumli avtomashinadagi 4 nafar yoʻlovchilar, “Cobalt” rusumli avtomashinadagi yoʻlovchi H.T. hamda “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi Oʻ.B.lar olgan tan jarohati natijasida oʻziga kelmasdan voqea joyida vafot etgan, “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Sud hukmi bilan Oʻ.Abdullayev Jinoyat kodeksi 266-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan 3-yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni fuqaroviy daʼvogarlarga qoplab berish majburiyati yuklandi.
J.OʻRAZBOYeV,
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶